Boshqarish madaniyati

Rahbar xodim o’zining xulqi va nutqi bilan jamoaga ibrat bo’lsa, ishdagi unum va jamoadagi kayfiyat ham o’zgacha bo’lishi tayin. Shunday ekan, o’zimizga va so’zimizga, xatti-harakatimizga e’tibor doimo zarur. Chunki, rahbar jamoa uchun ibrat va saboq bo’luvchi maslahatgo’y inson bo’lishi kerak. Xo’sh, rahbarlik fenomeni, fazilatlari haqida  nimalar deyish mumkin? Xuddi shu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g’aznachiligi hududiy bo’linma boshliqlariga murojaat qildik.

Dilda ilhommi yo qo’lda jom?

Shoirning ilhomi kelsa, she’r qog’oz yuzini ko’radi. Balki qolida qalami, dilida alamigina emas, ilkida jomi bo’lishi kerakdir, — deya Umar Xayyomdan qator rindona she’rlarning tizimini keltiruvchilar ham yo’q emas. Xullas, may, boda, sog’ar so’zlari mumtoz merosimizda turli shakllarda jilolanib kelavergan. Shoirlar uni vosita qila turib o’z davrining muammolarini ko’tarib chiqishgan. Marhum iqtidorli shoirimiz Muhammad Yusuf…

Xalqaro anjuman

Xalqlarni, mamlakatlarni birlashtiruvhi ijtimoiy vositalar ko’p.  Tinchlik  elchisi sport singari san’at, fan va madaniy munosabatlar ham ana shunday do’stlik, ahillikka asoslangan birdamlik bayrog’idir.
O’zDSMIda tashkil etilgan “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya ham ana shunday mohiyat kasb etgani tayin. Ertalabdanoq, institutning muhtasham “O’quv teatri” oldi bayramona bezatilgan, rangorang sharlar va shiorlar institutga alohida fusunkorlik baxsh etib turardi.

O’qituvchi — davr barometri

O’qituvchi har bir davrda jamiyatning aqli, ko’zi va vijdoni bo’lib kelganligi rost. Qanday kasbda, qanday sohada, qanday lavozimda bo’lmasin har birimiz o’qituvchi ta’limidan bahramand bo’lganmiz. Shunday ekan, har doim murabbiyning rutbasi, mavqei yuqori darajada bo’lishi kerak. Globallashuv davrida o’qituvchining o’rni va roli ayniqsa, muhimdir. Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o’z malakalarini oshirayotgan tinglovchi pedagoglarning shu xususdagi mulohazalari bilan tanishamiz.

Istiqbolli yosh san’atshunos

Saidabrorni O’zDSMI institutini bitkazib shu o’quv muassasasida faoliyat yuritayotganidan xabarim bor  edi. Kimdir yoki nimadir insonni kashf etishga sababkor bo’ladi. Uni televizor orqali “Munosabat” teleshousida chiqishi va fikrlarini ta’sirchan ifoda etishi menda hayrat uyg’otdi, o’zgacha taassurot qoldirdi. Rumiydan bir misol keltirdilar: shamol sharqdan essa sabo bo’ladi, g’arbdan essa vabo bo’ladi. Kuchli mantiq. Uni o’rnida keltirish ham mahorat. Uning ilmiy qobiliyatini ta’kidlab doktorlik dissertatsiyasi ustida ish qilishi zarurligini aytdim. Uning bitiruv ishi qadimiy xattotlik san’ati haqida ekan. Men uning qalamiga mansub bo’lgan ilmiy risolani muxtasar shaklda keltirishni lozim topdim.

El erki e’tiqodda

Улуғ юртнинг қутлуғ ниятли халқи юрт тинчлиги ва осойишталигини муқаддас билади, шукроналик ва қаноат ҳисси билан яшайди. Жаннатмакон юртимизнинг кундан-кунга, йилдан-йилга равнақ топа боришининг моҳияти ҳам аслида шунда. Аллоҳ назар қилган улуғ алломалари, илми нужум ва фиқҳ илмининг йирик мутафаккирларининг киндик  қони тўкилган она диёримиз билан ҳар қанчалик фахрлансак арзийди. Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ташаббуси билан ҳар йили анъанавий тарзда ўтказиб келинаётган қорилар кўрик – танлови миллий ва диний қадриятларимиз эъзозланишининг ёрқин намунасидир.

Ijod uchun turtki ham kerak

Hammada ham ijodkorlik tuyg’usi bo’ladi, lekin uning uchun muhit va turtki bo’lishi zarur. Kimdir nasrda, kimdir nazmda ijod qiladi. Biron bir matbaaga uchrashib ijod namunalarini berishga iymanadi. Go’yoki, yozuvchilik yoxud shoirlikni da’vo qilayotgandek tutadi o’zini. Shu bois yozganlari kundalik, tundalik, daftarlarida qolib ketaveradi. Dars jarayonida Zarnigor yozgan esselari borligini yuz istihola qilib o’qib ko’rishimni iltimos qildi. Durust, ancha jonli. Keling, yaxshisi, birga o’qiylik. Namangan viloyati Chust tumanida tug’ilib voyaga yetgan hozirgi kunda O’ZDSMI «Kino, TV va radio san’ati» fakultetining 4 — bosqichida ta’lim olayotgan Zarnigor Abduvohidovaning mashq namunalarini mutolaa qilingda fikr bildiring. Bu uning ham xohishi.

Boshlovchilik mahorati

Antuk davrlarda ritorika san’atiga katta e’tibor bilan qarashgan. Hatto, shoh Fillip saroyida Aristotel bolalarga nutq bo’yicha dars mashg’ulotlari olib borgan. Inson ma’naviyatining bezagi uning xulqi va nutqi ekani mashriqu mag’ribda nafosat mezoni sanalgan. Shunday ekan, har bir inson o’z fikrini chiroyli shaklda, mantiqli  tarzda ifoda etishga intilishi zarur. Bu masala borasida esa jurnalist va boshlovchilar boshqalarga ibrat bo’lishi zarur. Yosh, umidli jurnalistlarimizning adabiy til me’yorlarini chuqur bilishlari va amalda qo’llay olishlari, so’z boyligini oshirish, mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatini shakllantirishlari muhim vazifalardandir. Xuddi shu ma’naviy ehtiyojni inobatga olgan holda, poytaxtdagi o’quv muassasalarida ta’lim olayotgan talabalardan bir qismi boshlovchilik mahoratini oshirishga kirishib dars mashg’ulotlarida qatnasha boshlashdi.