Ustoz o’giti

Buyuk va suyuk san’atkorimiz Komiljon Otaniyozovning keyingi yil tavalludiga 100 yil to’lishi munosabati bilan tayyorlanayotgan kitobimizdan ayrim xotirotlarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Hayotlik paytlarida O’zbekiston, Qoraqalpog’iston va Tatariston xalq artisti Otajon Xudoyshukurovdan yozib olingan «Ustoz o’giti» nomli xotirotga diqqatingizni qaratarsiz.

Insho — ko’ngil imzosi

Joriy yilning 15 iyun kuni ilmu ma’rifatga tashna, ma’naviyatga oshno qalblar, o’z umrining mazmunini ta’limiy va tarbiyaviy mehr bilan bog’lagan murabbiylar, poytaxtimizdagi go’zal va muhtasham “Kinochilar uyi”da jamuljam bo’lishdi. Chunki u yerda o’qituvchilarning ilmiy intellektual salohiyatini, aniqrog’i yozma ijodkorlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan “Mustaqillik yillarida ta’limda erishilgan yutuqlar” mavzusidagi insholar tanlovi g’oliblarini taqdirlashga bag’ishlangan  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

E’tiborga tushishning siri

Shunday fazilatlar borki, hammaning e’tiboriga tushishga zamin hozirlaydi. Bu o’zini tutish, so’zlash san’ati va muomala madaniyatini obdon egallash bilan bog’liq. Ish jarayonida xush va noxush holatlarning sodir bo’lishiga ham aksariyat hollarda ana shu jihat bois bo’ladi. O’zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi mana uch yildirki, o’z tasarrufidagi xodim va rahbarlarning nutqiy faoliyatini mukammallashtirishni niyat qilgan holda o’quv mashg’ulotlarini joriy etishgan. Navbatdagi mashg’ulot ishtirokchilari ham bu borada o’z mulohazalarini bildirdilar.

Ikkita kitob taqdimoti

Kitob taqdimotining xayrli tomoni bor. Kitobxonni ham, kitobsevarni ham, bilgan-bilmagan muxlislaringizni ham bir joyga jam qiladi. U yerda diydorlashuv bahonasida fikr almashuvlar, mulohaza, munozara, muhokama — bari uyg’un bo’ladi. Kitob nutq va fikrni o’stirishning manbai ekanini 4 — iyun kuni Alisher Navoiy nomli O’zbekiston Milliy kutubxonasining 5 — qavatidagi katta zalida TVXTXQT va malakasini oshirish instituti jamoasi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Til, nutq – tafakkur va milliy g’oyamiz quroli” nomli ma’rifiy tadbirda yuqoridagi mulohazalarning asosini ko’rish mumkin.

Samarali anjuman

Ilmiy-amaliy konferensiya va turli xildagi anjumanlardan ko’zlangan maqsad zamirida tajriba almashish, hamkorlik va yangiliklardan boxabar bo’lish ehtiyoji yotadi. Pedagoglarning bugungi kundagi faoliyati, o’z kasbiga munosabati kelajagimizning tayanch kuchi bo’lgan yoshlarga, xususan ularga berilayotgan ta’limning sifati va samaradorligiga bog’liq.

So’z, soz, ovoz sehri

Chinakam san’atkorning sozi va ovozi bamisoli shifobaxsh ne’matdur. Maroqli qo’shiq dilingizni yayratadi, ruhiyatingizga tetiklik baxsh etadi. Jozibador, ko’ngilga orom baxsh etuvchi qo’shiqlarni qayta-qayta tinglasangiz ham zerikmaysiz, ayricha zavq olaverasiz. Albatta, dilrabo qo’shiqlarning yaratilishi san’atkorning iqtidoriga bog’liq. So’z vas oz, ovozni tanlay bilish, ularni uyg’unlashtira olish hofizning didi, saviyasi bilan belgilanadi. Bu uch birlikning yaxlitligi gul, bulbul va ko’ngilning uzviy aloqadorligini eslatadi. Ana shularning  o’zaro uyg’unligidan jilo topgan qo’shiqgina tinglovchining  ko’ngliga yo’l oladi. Bunga e’tibor, ma’suliyat bilan qarash va uni ijroda mohirona qo’llay olish kamdan-kam san’atkorlarga nasib etadi.