Ulug’ bayram oldidan

Chorak asr mustaqillik atalmish mustahkam qasr bilan bog’lanishida hikmat bor. Tarix oldida bu kichik raqam bo’lsa ham, uning shukuhi xalqimiz o’zbek millati tarixida alohida rol o’ynaydi. Bayramlar ichida xalqimizning hayotida alohida qiymatga ega bo’lgan davlat mustaqilligi e’lon qilingan kun shonli va sharafli bayram sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan turli idora va tashkilotlarda ana shu qutlug’ sanaga bag’sihlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan o’tkazilmoqda. Shulardan biri O’zbekiston Respublikasi IIV qorovul qo’shinlarining 35-74 — sonli harbiy qismda bo’lib o’tdi.

Milliy tiklanish sari

Mustaqillik atalmish mustahkam qasr ayni damda chorak asr bilan bog’lanar ekan, bu sana xalqning yuz yillarda ham egallash mushkul bo’lgan ulkan marralarni zabt etgani bilan xarakterlidir. Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirlarda ana shu e’tirof hukmron. O’zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining tashabbusi bilan tibbiy muassasalardan biri Respublika Dermatologiya va Venerologiya ilmiy amaliy markazida o’tkazilgan tadbir ham ana shu maqsadga, yurt tinchligi va osoyishtaligi jamiyatning iqboli va istiqboliga daxldorligiga bag’ishlandi. Tadbir «Tinchlik va osoyiwtalik barcha yutuqlarimiz asosi» mavzusida bo’lib o’tdi.

Yoshlar ertangi kunning kuchi

Yoshlarga e’tibor masalasi istiqbolga daxldor bo’lgani bois ularning zamonaviy ta’lim va turli kasb hunarlarni egallashi, keng dunyoqarashga ega bo’lishi borasida qanot bo’lishimiz davr talabi. Xuddi shu ma’noda yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan forumlarning ahamiyati katta. Kuni kecha “Yoshlar ijod markazi”da tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko’rik tanlovi  mohiyat e’tibori bilan qimmatlidir.

Fidoyilik shaydoyilikdan boshlanadi

Har bir oliy o’quv yurtining poydevori albatta, undan oldingi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Xuddi shu ma’noda Toshkent madaniyat kolleji o’z yo’nalishi bo’yicha qator mutaxassisliklar tayyorlaydigan ta’lim muassasalaridan biridir. Mazkur kollej 1992 — yilda “Havaskor kino-foto, video studiya rahbari”, 2002 — yilda “Kino-foto, video studiya rahbari”, 2003 yilda “Kinoteleoperatorlik”, 2011-yildan boshlab “Tele-video operatori” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab kelmoqda. Hozirgi  vaqtda “Tele-video operatori” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar Toshkent madaniyat kolleji  hamda  Respublika televidenie va radio kollejida ham tayyorlanmoqda.

Chorak asrda ta’lim taraqqiyoti

Bu yil mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining 25 yilligi faxru iftixor bilan qarshilanadi. Chorak asr mobaynida ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni beixtiyor sarhisob qilgisi keladi kishining. O’tgan davr mobaynida ta’lim tizimida katta islohotlar amalga oshirilganidan ko’z yumib bo’lmaydi, albatta. Ta’lim tizimining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar,  ta’lim muassasalari faoliyati tubdan yangilandi. Istiqbolning mevasini, Istiqlolning tub mazmunining ta’lim talabisiz tasavvur etish qiyin.