Baxt qomusi

Har bir insonning baxti va jamiyatning ravnaqi huquqiy me’yorlarning to’g’ri belgilanishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy hayotimizdagi quvonchli hodisalardan biri Respublikamiz konstitutsiyasining 24 — yilligi bo’lsa, ikkinchisi qizg’in pallaga kirgan prezidentlik saylovi jarayonlaridir. Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi tashabbusi bilan bir guruh ziyolilardan tarkib topgan guruh turli viloyat, tuman va shaharlarda mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida uchrashuvlar asnosida targ’ibot ishlarini olib borishmoqda. Ijodiy xizmat safarida bizning guruhda falsafa fanlari doktori Sayyora To’ychieva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibasi, iqtidorli shoira Munavvara Usmonova, O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining iste’dodli aktyorlari Sulhida Parpieva va Abduma’ruf Qodirovlar targ’ibot ishlarida jonbozlik ko’rsatishdi.

Til — tibbiyotning ilk yarog’i

Tibbiyot xodimlari tilning o’z faoliyatlaridagi o’rnini juda yaxshi idrok etishadi. Tibbiyotning otasi bo’lgan Abu Ali ibn Sino shifo quroli to’g’risida so’z yuritarkan, dastavval tilni, so’ngra dori darmonni, nihoyat tig’ni, ya’ni jarrohlik yo’lini qayd etgani barchamizga ma’lum. Shuning uchun ham tabiblarning faoliyati haqida so’z yurita turib Navoiy hazratlari o’z davrida ushbu hikmatni keltirganlari bejiz emas.

Dilorom Sagdullayeva: Siz baxtlimisiz?

Odatda, ikki kishi bir joyda o’tirib qolsa, suhbat uchun mol-davlat, dunyo matohlaridan boshqa arzirli mavzu topilmaydi. Shukr,  minnatdorchilik ifodalangan jumlalarni har doim ham eshitavermaymiz. Singlim bilan suhbatlarimiz ham shunday kechardi. Ko’z-ko’zga tushib uchrashganimiz daqiqamizdan singlim oilaviy yetishmovchiliklardan nolib, “boshqalarday mazza qilib” yasholmayotganidan noligani noligan edi. Har qancha urinsam ham baribir singlimdagi tushkun kayfiyat o’rnini shukronalik…

Voqelikka badiiy nazar

Olam va odam munosabatlariga tiyrak ko’z bilan nazar tashlash, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg’usi bilan yashash ijod ahlida o’zgacha kechadi. Uning sevinchi ham, kuyunchi ham qalb prizmasi orqali badiiy haqiqatga do’nadi. Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o’tkazilgan, iste’dodli shoir va jurnalist Muhammad Ismoil ijodiga bag’ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirda ham ana shu ruh hukmronlik qildi.

Sherali Jo’rayev: Ibrat maktabi

Respublikamizda biron san’atkor yo’qki, Komiljon Otaniyozovning ijrochilik san’atidan o’rganmagan bo’lsin, uning maktabidan oziq olmagan bo’lsin. Men ham yetuk hofizimizning ijrochilik san’atidan bebahra qolmaganman. Komiljon Otaniyozov ijrosidagi menga yoqadigan tomonlaridan biri – qo’shiqlarni chertib-chertib so’zlarni joyiga qo’yib, optimistik ruh, yolqinli ehtiros bilan aytishlaridir. Komiljon Otaniyozov siymosida, uning san’atkorlik faoliyatida qadrulabad fazilatlar ko’p bo’lgan. U kishining xalqchil, elini, yurtini o’ylab…

Nutqiy kamolot yo’lida

Nutqiy kamolotga erishish uchun tinimsiz mashq kerakligini ular yaxshi bilishadi. Insonning martabasi uning nutqdan foydalanishi va fikrini ifoda etish darajasi bilan bog’liq. O’zlarining kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o’rni  va ahamiyati borasida qimmatli mulohazalarini bildirgan tumanlararo g’aznachilik bo’linmasi boshliqlari ritorika fanidan o’z bilimlarini oshirdilar.

Ikkinchi umrini boshlagan Prezident

Inson xotirasi aziz va muqaddasligining e’tirofi iymondandir. O’z umrini xalqiga baxshida etgan insonlarning oramizdan ketishi elu yurtning chuqur qayg’usiga, kulfatiga  bois bo’lishi aniq. Bir necha kundirki, qayg’u alamdan xalqimiz hali o’ziga kelganicha yo’q. Millat otasi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o’tkazilayotgan xotira darslarida ham ana shu fikrlar e’tirof etilmoqda.