9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: Rahimboy

notiq.uz > Articles posted by Rahimboy (Page 16)

Targ‘ibot guruhi Xorazmda

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Joriy yilning 23 iyul kuni tonggi 6.45.da Toshkentdan ko‘kka o‘rlagan samolyot 2 soatdan keyin Urganch shahrining go‘zal va muhtasham aeroportiga qo‘ndi. Samolyot erdan oyog‘i uzilgunga qadar chinqirib, dirillab, kuchanib hammaning yuragiga g‘ulg‘ula soldi. Tepaga chiqib olgandan keyin rohatlanib bir maromda ucha boshladi. Go‘yoki, insonga chiqish va tushish iztirobli ekanini anglatayotganday. O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining tashabbusi bilan Davlatimiz mustaqilligining 23 yilligi oldidan xalqimizga barcha sohalarda erishgan yutuq va egallagan marralarimizning mohiyatini tushuntirish va targ‘ib etish maqsadida omma bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadida tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi olimlar, pedagog va aktyorlar tarkibidan iborat edi. Ular O‘zbekiston xalq...

Continue reading

ILM — MA’RIFAT VA TA’LIM TALABIDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Dehqon bahor-u yoz bo‘yi chekkan mehnat-u zahmatining natijasi bo‘lgan hosili bilan kuzakda qiziqishi va uni sarhisob qilishi tabiiy holat. Ta’lim tizimida o‘quv yilining sarhisobi, natija va samarasi ham muhim. Ta’limga, uning sifati va samarasiga e’tibori doimo yuksak bo‘lgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 million o‘quvchi va 500 ming talabaga onlayn dars berish yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlab bermoqda. Endi joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash...

Continue reading

BILOLIDDIN BOLAM BILAN

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari ishtirogidagi o‘quv seminari Xumsonda bo‘lib o‘tdi. Ular ochiq havo qo‘ynida o‘zaro diydorlashib hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar borasida fikr almashishdi. “Kamolot” YOIHning Xumsonda tashkil etgan lagerida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminari bir hafta mobaynida barcha ma’naviyatchilarda iliq taassurot qoldirdi. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasining direktori Azimboy YUsupov tinglovchilarga ma’ruza sabab Xumsonga borib kelishimizni aytgandi. O‘g‘lim Biloliddin va uning o‘rtog‘i bilan ertalab tayyor bo‘ldik. Azimboy bilan Xumson safari taassurotlarga boy bo‘ldi. Lagerni topgunimizga qadar 4 ta lagerni topdik. Nihoyat etib bordik. RMTM rahbar o‘rinbosari Gulchehraxon va Zokirjonlar bizni ...

Continue reading

Targ‘ibot rag‘bati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]RMTM tomonidan maxsus ijodiy xizmat safari bilan kino va teatr san’atining taniqli aktyorlari Abduxalil Mingnorov, Umid SHodmonov, Ma’rifat Ortiqovalardan tarkib topgan ma’naviyat targ‘ibotchilari guruhi “Aerobus-350” samolyoti orqali Urganch shahriga kelib tushishdi. Xorazm viloyati ma’naviyat targ‘ibot guruhi rahbari Qudratbek SHaripov bir guruh mezbonlar bilan bizni iliq kutib olishdi. YAngiariq tuman hokimi Kamolbek Sobirov o‘z xodimlari bilan targ‘ibotchilarni bayram bilan tabrikladi va guruhlarga bo‘linib joylarda uchrashuvlarni boshlashimizga imkon yaratdilar. YAngiariqdagi CHiqirchi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejidan faoliyatimizni boshladik. Birinchi guruhga hamrohlik qilgan Doniyor Atajanov hamda Xorazm viloyati ma’naviyat targ‘ibotchilaridan shoir Ismoil Ollaberganov, UrDU tarix fakulteti o‘qituvchisi Umid Abdalov, yosh, umidli san’atkor SHodiyor Abdurasulov...

Continue reading

Tana boshqa, joni bir

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mustaqil davlatimiz rivoji uchun o‘z dasturlari va faoliyati bilan xizmat qilayotgan to‘rtta partiyaning ijtimoiy hayotimizda o‘z o‘rni bor. Partiya etakchilari onda-sonda “Boshqaruvda, rahbarlik faoliyatida notiqlik san’ati, nutqning o‘rni” borasida ma’ruza qilishim uchun kaminani chorlashadi. Ularga daxldor muxtasar ma’lumotlarni keltiraylik.   Mamlakatimizning etakchi partiyalaridan biri – Tadbirkorlar va ish bilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) - ko‘pgina boshqa maqsadlari qatorida vakillik organlarining davlat jamiyat qurilishi jarayonidagi rolini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat, jumladan, harbiylashgan tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning samarali tizimini yaratishini o‘z oldiga vazifa sifatida qo‘yadi. O‘zLiDeP davlat hokimiyatining ijroiya organlarini shakllantirishda parlament rolini yanada oshirish, joylardagi hokimiyati organlari faoliyatida shaffoflik hamda oshkoralik...

Continue reading

Talabchan talabalar talabi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Zahiriddin Muhammad Bobur va Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning hayotiy faoliyati, qismatlaridagi  firoq, yurtdan ayro yashash taqdiri, vatan sog‘inchi, hijron motivi  uyg‘un bo‘lgani singari ularning ayrim narsa hodisalarga munosabatida ham o‘xshashlik borligini anglaymiz. Bobur yozadi: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak, Men bormen ilmi tolibi ilmi yo‘q, Men bormen ilm tolibi ilm kerak. Furqat yozadi: Deyin so‘z ilmning xosiyatidin Bayon aylab aning mohiyatidin. Bu so‘zni gushi bor odam eshitsun, Eshitganlar hama maqsudg‘a etsun...

Continue reading

Sertifikatlar topshirildi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mahallaning rutbasi kundan kunga oshib borayotgani bejiz emas. Mahalla jamoa bo‘lib yashashgina emas, ba’zi masalalarni bir yoqadan bosh chiqarish asnosida yakdillik bilan hal etish ham demakdir. Davr keltirib chiqarayotgan muammolarga oqilona nazar va xulosa bugungi kunda mahalla faollarining zimmasida. SHuning uchun ham o‘quv jarayoni yaxshi tashkil etilgan. Toshkent  viloyati hokimligi huzuridagi Fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish organlari  xodimlarining malakasini oshirish  o‘quv kursi  direktori Ahmadjon Xodjinazarov sertifikatlar topshirilishidan oldin bir haftalik o‘quv kursini tugatgan fuqarolar yig‘ini raislariga, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarga, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlariga sertifikatlar topshirish oldidan so‘zga chiqib, joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda...

Continue reading

San’atsevarlar uchun imkoniyat

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Bugunga kelib internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni ortib borayapti. Talab yuqori bo‘lgan joyda axborot almashinuvi ham jadal bo‘ladi. Har soniyada minglab axborot iste’molchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ma’lumot izlashadi. Bu esa xolis va haqqoniy axborot manbasiga ehtiyojni keltirib chiqarishi tayin. Ayniqsa, san’at yo‘nalishida har doim ham kerakli ma’lumotni izlab topolmaymiz. Aksariyati ishonchsiz, to‘liq bo‘lmagan yoki eskirgan ko‘rinishda bo‘ladi.  O‘zbek san’atining buyuk darg‘alari haqida zaruriy ma’lumotning mavjud emasligi esa kelajak avlod uchun katta yo‘qotish. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan YOshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan sanatim.uz milliy madaniyat va san’at internet portaliga asos solinishida yoshlarni asl san’atimiz bilan...

Continue reading

Samodagi tanishuv

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Til bilgan dil biladi, el taniydi. Haq gap. Xorazmga uchadigan navbatdagi reys e’lon qilingach, ro‘yxatga olish boshlandi. Zum o‘tmay, o‘zimizga tegishli o‘rindiqlarga joylashdik. Samolyotda turli millat vakillari bor edi. Samoda ham, erda ham tinchlik hukmron bo‘lsa, xalqlar orasida do‘stlik rishtalari mustahkam bo‘lishi aniq. Ular hoynahoy ertaknamo shahar Xivani ziyorat qilish uchun borayotgan turistlar edi. YOnimdagi o‘rindiqda o‘tirgan yigit menga o‘z tilida nimalardir dedi. Styuardessa jonimizga oro kirib bir birimiz bilan tanishimizga imkon tug‘dirdi. U mendan qaerlik ekanimni va kasbimni so‘rayotgan ekan. Ispan tilidan so‘ng ingliz tilida murojaat qila boshladi. U o‘zi tug‘ilgan joyni aytdi. Eshitmagan ekanman. Birozdan keyin Barselona...

Continue reading

Respublika o‘quv metodika markazida

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Barcha fanlar bo‘yicha audio va videodarslarning tayyorlanishi maktab  o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun koni foyda. Ularning o‘quv dasturiga muvofiq, darslik mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda tajribali, malakali o‘qituvchilarning Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markaziga jalb etilishi, ular ishtirokida dars jarayonlarining yozib olinishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. O‘z sinfida o‘quvchilar bilan emin-erkin, bemalol dars mashg‘ulotlarini olib borayotgan o‘qituvchilar negadir Multimedia markazida studiyaga kirib, mikrofonga yaqinlashib, videokameraga yuzlanganlari hamonoq, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishadi. Bu holat esa yozib olish va montaj jarayonida bir muncha murakkabliklarga sabab bo‘lmoqda. SHuning uchun ham o‘qituvchilarning mikrofon va videokamera tabiatini yaxshi his qilishlari qulay bo‘lishini nazarda tutgan...

Continue reading