Mutolaa — muloqot ko’prigi

Kishilik dahosi va zakosining muhim kashfiyoti yozuv paydo bo’libdiki, asrlarni asrlarga, davrlarni davrlarga, ellarni ellarga bog’laydigan kitob va uni chop etish, tarqatish hamda mutolaa etishga ruhiy ma’naviy ehtiyoj ham paydo bo’lgan. Fir’avn hukmdorlaridan biri Ramzes-2 kutubxonaga “ruhiy darmon” deya bejiz ta’rif bermagan. Inson ruhiyati va kayfiyati kitob mutolaasi bilan ham mohiyatlidir.

Xalq yozuvi — haq yozig’i

Avlodlarni ajdodlar bilan bog’laydigan ma’naviy kashfiyotlardan biri bu yozuvdir. Moziyni bugun va istiqbol bilan bog’laydigan yozuvlar barcha davrlarda barcha xalqlarga xizmat qilib kelgan. Xalqimiz o’z o’tmishi mobaynida turli yozuvlarni istifoda etib kelgan. Oromiy, so’g’d, baqtriya, xorazm, O’rxun-Enasoy, arab, qadimgi uyg’ur, kirill, lotin kabi yozuvlardan foydalanishi tarix va taqdir taqozosi bo’lgan.

Yodlash — ruhni shodlash

Tibbiyot xodimlari davrasida, uchrashuvlarda ko’p bor bo’lganmiz. Ular ustlaridagi oq liboslari kabi xalqimiz salomatligiga posbon va shu xayrli ishga kamarbasta. Odamzot tug’ilgan paytda ilk ko’z ochganda oq libosdagi siymoni ko’radi, dunyodan o’tayotganda ham ana shu libosdagi insonga termulib dunyodan ko’z yumadi. Tug’ilish va o’lim bor hodisa. Gap ana shu ikkita eshik orasida qanday yashashda.

«Suiqasd»ning taqdimoti

Kitoblar borki, ular insonga chuqur ma’lumotgina berib qolmay, balki unga estetik zavq baxsh etadi, hayot mohiyati borasida falsafiy umumlashma ma’no beradi. Xuddi shunday hujjatiylikka, real voqealarga asoslangan kitoblardan biri iqtidorli yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” romani taqdimoti O’zbekiston milliy matbuot markazida 2017 yilning 25 yanvar kuni bo’lib o’tdi. Unda yozuvchi va jurnalistlar, noshir va mutasaddi xodimlar hamda kitobsevar muxlislari ishtirok etishdi. Roman asosan Vatan mustaqilligini saqlash yo’lida jonini fido qilgan Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlariga bag’ishlangan.

Ta’lim talabi bilan Termizdamiz

Hamkorlik pedagogikasi, uzluksiz ta’lim hamda uning sifatu samarasi bugungi kunda har qachongidan ham muhim va dolzarbdir. Berilayotgan ta’lim va tarbiyaning sifati olinayotgan ta’lim va tarbiyaning samarasiga bog’liqligi ayon. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining tashabbusi, Toshkent viloyat XTXQTMO instituti hamda Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining tashkilotchiligi asosida “Kasbiy faoliyatda hamkorlik” mavzusidagi ikki kunlik seminar o’z ishini boshladi.