Urush asoratlarini eslash tinchlik qadriga yetishdir

Tarixiy faktlarga, raqamlarga bir murojaat qilaylik. Ma’lumotlarga ko’ra, 1941-yilda O’zbekistonda 6,5 million odam istiqomat qilgan bo’lib, qurol ko’tarishga qurbi yetgan har bir vatandoshimiz urushda qatnashgan. Ularning orasida qariyb 500 mingdan ko’prog’i jang maydonlarida xalok bo’ldi. Shu ma’noda, o’sha davrda bu urushdan azob va aziyat chekmagan birorta ham xonadon yo’q desak mubolag’a emas.

Bukilmas iroda va jasorat timsoli

Tinchlik yoxud urush sharoitida bo’lsin, inson irodasi sinovdan o’tadi. U qat’iy bo’lsa, aslo bukilmaydi. Qat’iy iroda insonga g’ayrat va shijoat baxsh etish asnosida uni jasoratga chorlaydi. Uzoq tarixiga, boy madaniyatga, buyuk ajdodlariga, milliy qadriyatlariga ega bo’lgan, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan dadil qadam tashlaydigan hamisha nekbin kayfiyatda bo’lgan xalqimizning irodasi kuchli va bukilmasdir.

Xattot xati — tarix taxti, xalq baxti

Taqdir bitigining ham, qog’ozdagi bitikning ham yozg’uvchisi bor. Taqdir bitigi bu inson peshonasidagi yozig’, u haq taoloning ishi. Qog’oz yuzidagi bitik esa qilqalam xattotlarning ilmu amali. Birinchisini o’qishning imkoni yo’q, ikkinchisi esa o’qiladi, asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga yetkaziladi, o’tkaziladi. Yozuv kishilik dahosining muhim kashfiyotlaridan biri. Yusuf Xos Hojib tili bilan aytganda, “Bo’lmaganda agar xattot qalami, qorong’u qolardi moziy olami”.