Taqdirga aylangan ta’lim-tarbiya

Har bir kishi notiq bo’lishni istaydi. Lekin unga erishishning o’zi bo’lmaydi. Maqsad manzilining o’ziga yarasha dovonlari bor. Undan oshib o’tish uchun ishonch kerak, bilim kerak, jur’at va jasorat kerak. Gorkiyning “ijodning bir foizi iste’dod, qolgan 99 foizi mehnat” degan fikri notiqlik san’atiga ham to’la taalluqlidir. “Mashaqqat” bu “mashq” degan so’zdan. Yetishish, biron narsaga erishish-mashaqqatli jarayondan o’tish demakdir.

Bilagi va bilimi zo’rlar

Kitobxonlikka, kitobsevarlikka chorlash jamiyatning iqboli va davlatning istiqboli uchun da’vat demakdir. “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni yiqar.” Bu maqolni barchamiz bilamiz. Bilimning manbai esa kitobdandir. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida o’tkazilgan kitobxonlik madaniyati va mutolaasiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ana shu ruh hukmron bo’ldi.