a

Facebook

Twitter

Copyright 2015 Libero Themes.
All Rights Reserved.

9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

Search
Menu
 

Author: kabus

«QORA ILON» QILMISHI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday davlatning, jamiyatning  iqboli,  istiqboli sog‘lom va har tomonlama barkamol avlod bilan ekanligi haq. Avlodning sog‘lom bo‘lishi naslning tozaligi, sulolaning barhayotligi belgisidir. Insoniyat hayotiga qutqu soluvchi, naslning kushandasi, asr vabosi sifatida e’tirof etiluvchi giyohvandlik bugungi kunda butun dunyoni tashvishga solayotgani rost. Er yuzidagi insoniyat uchun katta xavf tug‘diruvchi bu illatga qarshi kurash hammaning diqqat markazida. CHegara bilmas, millat tanlamas ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashning har xil chora-tadbirlarini qo‘llash hamon dolzarbligicha qolmoqda. SHuning uchun ham har yilning 26 iyuni BMT tomonidan “Butun jahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingani bejiz emas. Mustaqil respublikamizning ertasi o‘sib kelayotgan yosh...

Continue reading

ERKIN KOMILOV: SHUKR QILISH QANOATLI BO’LISHDIR

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zini o‘zgaga ko‘chiruvchi qalb egasi o‘zgalar dilini yaxshi tushunadi. O‘zidan ham ko‘ra, boshqalarning talab-ehtiyojlarini his etish, ularning maqsad-intilishlarini idrok etish, ulardan samimiy va beminnat yordamini ayamaslik ilinjida bo‘ladi.  Bu xohish-istak unga hoh sahnada bo‘lsin, xoh hayotda bo‘lsin tinchlik bermaydi. O‘z umr mazmuni, qismati san’at bilan bog‘langan chinakam iste’dod egalari shu sohaning nurli yo‘llarini ham, o‘nqir-cho‘nqir so‘qmoqlarini ham teran idrok etishadi. Bu sohada u boyib ketmasligini ham, faqir bo‘lib qolmasligini ham biladi. Boriga ham yo‘g‘iga ham shukru qanoat qilib o‘z kasbidan zavq-shavq olib yuradi, tinimsiz mehnat qiladi. Lekin uning hech narsa bilan baholab bo‘lmaydigan katta boyligi bor, bu halq ishonchi...

Continue reading

SHOHIDA ISMOILOVA: TINGLOVCHI KO’P-U, ANGLOVCHI KAM

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday jamiyatning, mustaqil davlatning istiqboli, iqboli o‘z xalqining kelajakka bo‘lgan ishonchi, o‘zining Milliy g‘oyasi va mafkurasiga sodiqligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi oliy maqsaddan og‘ishmay ildamlash fuqarolarning vatanparvarlik tuyg‘usiga, insoniylik fazilatlariga daxldordir. Jahon tan olgan davlatning fuqarosi bo‘lish yuksak tole, oliy baxt ekanligini his etgan yurtdoshlarimiz bu borada sidqidil xizmati, himmati bois o‘z  hurmatiga, e’zozu ehtiromiga ega. Ana shunday fidoyi, kasbiga sadoqatli, kasbdoshlariga mehr-oqibatli san’atkorlarimizdan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist SHohida Ismoilovadir. Gazeta uchun bayramoldi suhbat uyushtirish maqsadida Milliy teatrga kirib borganimizda, SHohida Ismoilova navbatdagi spektakldagi roliga tayyorgarlik ko‘rib...

Continue reading

O’ZNI TIYISH QIYIN ISHMI?

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text](O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Bekzod Muhammadkarimov bilan suhbat)    - San’atkor o‘ta kuzatuvchanligi, sinchkovligi, voqea - hodisalar mohiyati, tahliliga e’tibori bilan ajralib turadi. Qarilik yoshlikda qanday yashaganlikning belgisidir degan fikr yuradi. SHunga monand aytish mumkinki, mukofot yoxud jazo qilingan harakatning, tashlangan qadamning hosilasi. Aytingchi, yoshlar orasida jinoyatlarning ko‘payishini nima bilan izohlaysiz? - Hammasi xulq - atvorga bog‘liq. YAnada aniqroq aytadigan bo‘lsak, beriladigan va olinadigan to‘g‘ri, ta’sirli ta’limga, tarbiyaga bog‘liq. SHunchaki kitob o‘qish, shunchaki dars berish yoki tahsil olish bu muammolar hal bo‘ldi degani emas. Ishimizning samarasi avvalo, qo‘yilgan maqsadning aniqligi va to‘la anglanganligi hamda sa’yi harakatimizning oilamiz, jamiyatimiz uchun manfaatli ekani bilan...

Continue reading

TO’XTAMUROD AZIZOV: KULGANGA KULCHA SOG’INMA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Inson hayotining mazmuni ikki tuyg‘u bilan uyg‘un. Bu yig‘i va kulgi. Inson iztirob tortsa, ruhiy jihatdan tushkunlikka tushsa, siqilsa, yo hayotida katta bir yo‘qotishga duchor bo‘lsa, ovoz chiqarib, ho‘ngrab yig‘laydi yoki unsiz yig‘laydi. Inson bunday paytda pessimistik, ya’ni badbin kayfiyatda bo‘ladi. Vaqti chog‘, xursand bo‘lsa, aksincha optimistik, ya’ni nekbin kayfiyatda yuradi. Mahzunlikni kulgi bilan, kulgini mahzunlik bilan engish mumkin, deydi donishmandlardan biri. Kuling, umringiz uzoq bo‘ladi, bir miriqib kulsangiz, etti tuxum egandek bo‘lasiz qabilidagi naqllar quloqqa bot-bot chalinib turadi. Kulish va kuldirish chinakam baxt, agar u samimiy va beozor bo‘lsa. Suhbatdoshimiz kino, teatr sahnasi, bayram sayillari va  ommaviy sahnalarda o‘z...

Continue reading

TOHIR SAIDOV: HAYOTNI O’RGANGAN HAYOTDA O’RTANMAYDI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Hayotda to‘la-to‘kis ideal inson bo‘lish mushkul. Muayyan makonda, ma’lum bir zamonda ideal bo‘lganlarni ham davr inkor etib boraveradi. Har davrning o‘z tosh-tarozisi bor. Insonning axloqiy mezonlari o‘zi yashayotgan makon, sharoit va xalqining urf-odatlari, milliy an’analariga muvofiq bo‘lishi tabiiy. Qonun hamma uchun barobar, lekin unga munosabat masalasida turlicha holatlarning ro‘y berishi qonunning buzilishiga olib keladi. Inson o‘z faoliyatini jamiyatning tartib-tizginlariga muvofiq amalga oshiradi. Bu yo‘lda kimdir noto‘g‘ri yo‘lga kirishi, adashishi mumkin. SHu xususdagi san’atkorlarning nuqtai nazarlari va faoliyati borasidagi suhbatlarimizning navbatdagi ishtirokchisi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Saidov bo‘ldi. Sahroda giyoh butmaganidek, muayyan sharoit va ta’sirlar natijasida inson kamolot pog‘onalariga...

Continue reading

SOHIR SUHBATLAR YOXUD DILDAGI GAPLAR

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Olam va odam muammosi davrlar osha inson ongu shuurini band etib keladi. Har bir avlod unga javob izlaydi. Lekin mukammal javob topa bilmaydi. Bu o‘n sakkiz ming olamning sir - sinoatli va jumboqlarga to‘la ekaniga dalil. Ajdodlar zikri avlodlar fikri bilan ba’zi hollarda uyg‘un kelsa, ba’zan esa aksincha. Har bir davrning o‘z so‘zi, qarashi bor. Ijtimoiy hayot, voqelik insonni yashashga, ma’lum bir tuzum tizginlariga, axloqiy me’yorlariga bo‘ysunib yashashga o‘rgatadi. Aslida, bu insonning o‘z - o‘zini anglashi bilan bog‘liq. YAshash qarash va kurashlarning birligidan iborat. Demak, har kim o‘z ishini, qarashini to‘g‘ri deb biladi va hayot tarzini ana shu mezonga...

Continue reading

SAIDKOMIL UMAROV: JINOYAT VIJDONGA XIYONAT

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ushbu rukndagi turkum suhbatlarda taniqli shaxslar, olimlar, san’atkorlar, yozuvchi va shoirlarning olam va odam muammolari borasidagi mulohazalari bilan tanishish asnosida ularning qalb oynasi bilan oshno bo‘lasiz degan umiddamiz. Bu galgi suhbatdoshimiz taniqli san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Saidkomil Umarov. Saidkomil aka, bilib - bilmasdan qilingan ayb va aybdor haqida nima deysiz? Bilib - bilmasdan deymiz-u, unday holda insonga berilgan tafakkur, aql - idrok qaerda qoladi. Ongli inson har bir narsaning aql tarozisiga qo‘yib ko‘radi. Keyin o‘ylab qadam bosadi. SHuning uchun ham tangri unga anglash tuyg‘usini ato etgan. Albatta, shaytonning qutqusi, nafs balosi degan narsalar ham bor. Uni inkor eta olmaymiz....

Continue reading

JASORAT VA JUR’AT UYG‘UNLASHGAN ISTE’DOD SOHIBI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Karim BAHRIEV 1962 yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi G‘o‘s qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetida va Moskva Davlat universitetida oliy tahsil olgan. «O‘zbekiston adabiyoti va sanati» gazetasida katta muxbir, «Marifat» gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari, «Xo‘jalik va huquq» jurnali hamda «Hurriyat» gazetasida Bosh muharrir, “Jahon adabiyoti” jurnalida bo‘lim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1990-1995 yillarda O‘zbekiston xalq deputati sifatida mamlakat parlamentida faoliyat yuritgan. Ayni paytda “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi «Merosnyus» axborot xizmati rahbari  hamda “Migratiom, labor and security” jurnali Bosh muharriridir. Abdulkarim Bahriddin «Sabr kosasining siniqlari» sheriy kitobining, «Demokratiya va inson huquqlari», «Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masuliyati», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari»...

Continue reading

BOBUR YO‘LDOSHEV: ODDIYLIK VA SAMIMIYLIKNI YOQTIRAMAN

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Bobur Yo‘ldoshev, kino va teatr aktyori. 1979 yil 16 yanvarda tug‘ilgan. 1993 yildan 1998 yilgacha Respublika YOshlar teatri qoshidagi Nabi Abdurahmonov rahbarligidagi teatr-studiyada tahsil olgan. 1998-2002 yili Mannon Uyg‘ur nomidagi teatr va rassomchilik institutida kino va drama aktyorligi (Xalq artisti SHuhrat Abbosov murabbiyligida) kursida tahsil olgan. Uchta farzandning otasi. - Teatr sahnasi bo‘lsin, kino tasmasi bo‘lsin undagi “hayot” o‘zining intrigalarga boyligi va kishini hayajonlantirishi bilan  doimo diqqatni tortib keladi. Aks etgan hayotning tomoshabin ko‘z o‘ngida jonlantirishda ssenariy muallifi, rejissyor va aktyordan tortib, rassom-u dekoratorgacha  bo‘lgan  barchaning xizmati, o‘z o‘rni bor. Rejissyorning g‘oyaviy maqsadi, didi va fantaziyasiga muvofiq qaysi aktyor qanday...

Continue reading