9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

 

TIL TARAQQIYOT TAROZISI

SO‘Z SAN’ATKORI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Shukurki, xalqimiz ist'dodlarga, ijodkorlarga nihoyatda boy. Shunday so‘z san‘atkorlaridan biri - Said Ahmad hisoblanadi. Adibning o‘zbek ma'naviyati, xususan, milliy tilimiz xazinasini boyitishdagi xizmatlariga qiyos yo‘q. Uning yozuvchilik mahorati haqida ko‘p va xo‘p gapirilgan, ta‘rif va tavsif qilingan, ammo tildan foiydalanish mahorati haqida kam aytiladi. Shu sababli adibning tilga, undagi so‘zlarga munosabati to‘g‘risida fikrlashsak. Agar Said Ahmad xalq tilidan shu qadar ustalik bilan foydalanmaganda, bugun "Kelinlar qo‘zg'aloni" spektakli, yoki filmi bu qadar sevimli bo‘lmasdi, undagi jumlalar xalqning tiliga ko‘chib qolmasdi. Bu o‘rinda Said Ahmad o‘zlashma so‘zlardan ham juda o‘rinli va maromida foydalanganiga guvoh bo‘lish mumkin. Farmonbibi, Ikrom ota kabi adabiy...

Continue reading

MILLATNING SO‘NGGI LIBOSI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Kiygan kiyimingiz yarashsa, hamma havas bilan qarashsa, g‘ururlanasiz, albatta. Har bir xaqning xos-u mos libosiga qarab turib ham qaysi millatga mansubligini bilish mumkin. Milliatning o‘zlig‘ini, o‘zagini, so‘zligini namoyon etadigani bu uning tilidir. Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Farhod Bobojonovning inson imiji va notiqlik san'atiga tegishli qator kitoblarini mutolaa etganman. Hatto, o‘zlarini Notiqlik san'ati akademiyasiga taklif etib tinglovchilarga mahorat darsi o‘tishini ham uyushtirganmiz. Tinglovchilarimizning olqish-u ehtiromlariga sabab ham bo‘lganlar. Millatning oxirgi kiyimi ramziy ma'noda uning tili masalasidir. Kiyimsiz badan xijolatli va kulgili hamdir. Farhodjonning ushbu maqolasida ana shu masalaga jiddiy e'tibor qaratilgan. Keling, mutolla eting, so‘ng mulohazaga kirishing.   Til...

Continue reading

TILIMIZNI BUGUN TARAFLAB SHARAFLAMASAK, ERTAGA…

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Sharaflanadigan, taraflanadigan tushunchalar orasida ona tili – davlat tili alohida o‘rin tutadi. Aks holda, biz o‘zligimiz ko‘zgusi bo‘lgan so‘zligimizdan ajralib, uni yo‘qotishimiz tayin. Shunday ekan, biz unga muhtojmiz. Kimki, davlat tili haqida biron gap aytib jig‘imizga tegishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Qitiq patimizga tekkanday sakrab tushamiz va tegishli javobini beramiz. Ziyolilar, yurt taqdiriga, tilimizga, elimizga mehri chandon ustuvor bo‘lgan san’at va madaniyat xodimlari bu masalaga befarq emas. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir G’ayrat Majidning shu boradagi mulohazalari e’tiborga molik, mana, mutolaa qiling.   TIL INSONLIK ShARAFIDIR O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham o‘ttiz yildan oshdi. Bu ozgina vaqt emas. Bir yigitning umri,...

Continue reading

O‘YNAB GAPIRGANMI, YO O‘YLAB?  

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Voqelikka, jonli jarayonga munosabat ziyraklik, teranlik va jasoratni talab etadi. Internet saytlari orqali o‘rinsiz so‘zlari bilan e’tirof va e’tirozga sabab bo‘lgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining vakilasi Mariya Zaxarovaning xatti - harakati ko‘pchilikni hayratga, taajjubga soldi. Buning zamirida nima bor, kimlarning manfaati yotibdi? Niyati nima o‘zi? Bu kabi savollarga javobni iqtidorli olim, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maslahatchisi Zuhriddin Isomiddinovning ushbu maqolasini o‘qish orqali salmoqli javob olasiz degan ilinjdamiz.   ASL MUDDAO – BOSHQA...

Continue reading

Amaliy natija bo‘lmasa gap gapligicha qoladi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Iqtidorli yozuvchi, jurnalist Nazar Eshonqulning ushbu maqolasida xuddi shu masalaga e'tibor qilingani ahamiyatli. Xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonda, rasmiy ish yuritishdan tortib davlat hujjatlarigacha bo‘lgan ish uslubida davlat tilining rutbasi, o‘rni sezilmasa bari behuda. Keling, yaxshisi maqolani mutolaa qiling.   Mustaqilligimizni ona tilimizga munosabatimiz belgilaydi   Til - millatning ko‘zgusi. Unga qarasangiz o‘zingizni ko‘rasiz, balandu pastingizni, imkonu imkonsizligingizni. Ko‘krak urib, kerilmaylik, qay darajada mustaqilligimizni ham ona tilga munosabatimiz ko‘rsatib turibdi. Tilga munosabat – mustaqillikka, mustaqil davlatchiligimizga munosabat! Davlat idoralarida o‘zbek tiliga munosabatga shunday yondashish kerak. Agar bu idoralarda hali hanuz to‘liq o‘zbek tilida hujjat, ish yuritilmayotgan ekan, unda biz hali to‘liq...

Continue reading

XALQIMIZGA MUKAMMAL ALIFBO KERAK!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Eng milliy boylik  “Milliy boylik” tushunchasiga ko‘p narsa kiradi. Lekin til – har qaysi xalqning birlamchi va eng muhim boyligi, milliy xazinasi, ulkan bisoti. Zabon borki, millat bor. SHuning uchun tilga munosabat milliy davlat siyosatining ham o‘zak-o‘zagini tashkil etadi. Bugun lotin yozuvining afzalliklari, uning asosidagi yangi alifboga o‘tayotganimizning to‘g‘riligi haqida alohida so‘zlab o‘tirishga hojat yo‘q. Bunga zamin bo‘lgan omillar ko‘plab chiqishlar, jumladan ushbu satrlar muallifining “Biz nega lotinga o‘tyapmiz?” maqolasida[1] ham bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbida “O‘ZBEKISTON” so‘zi, milliy valyutamiz kupyuralaridagi bitiklarning bari yangi o‘zbek alifbosida qayd etilgan. YAqin kelajakda mamlakatimizda rasman kirill yozuvi asosidagi eski alifbodan batamom voz kechilib, to‘liq...

Continue reading

Or-nomus topsa qaror, demak, til va millat bor!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ilm-ma’rifat davr muammolarining yechimiga yo‘g‘rilsa, uning qiymati yuqori bo‘ladi. Aslida, barcha ilmlarning ibtidosi til va yozuv bilan. Izohlash, tushuntirish, sharhlash, tahlil-u tadqiqlar ham uning qudrati bilan. Ko‘p yillardan beri jonkuyar tilshunos sifatida o‘zining teran fikri, kengqamrovli bilimi, o‘ziga xos tahliliy nuqtai nazari bilan ajralib turadigan Zulxumorxon Xolmanova fidoyi olimalarimizdan. Ular Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professori sifatida talabalarga dars berishdan, ona tilimizning ilmiy-nazariy asoslari borasida bilim berishdan zavq oladilar. Ularning ushbu maqolasi ham yuqoridagi mulohazalarimizning isboti bo‘lishiga shubha yo‘q. O‘qing, dolzarb mavzu borasidagi muhim fikrlar.                      “EMDI NOMUSIMIZNI HAM ISTAMASUNLAR...

Continue reading

Uzoq yillik orzularning yaqindagi ijobati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Davlat tilining rutbasi borasida yozilgan maqolalar ko‘p. lekin ularning orasida mulohazakorligi, hayotga yaqinligi, dalillanganligi, ilmiy asosi bilan ajralib turadigani Zuhriddin aka Isomiddinovning qarashlari desak, o‘rinli bo‘ladi. Qanday qilinsa, davlat tili borasidagi harakatlarimiz ijobiy ahamiyat kasb etadi? Ushbu savolga, aniqrog‘i muammoga aniqlik kirirtish uchun Oliy attestatsiya komissiyasi raisining maslahatchisi Zuhriddin Isomiddinovning quyidagi maqolasini o‘qib chiqish foydadan xoli emas.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]O‘TTIZ YILLAB KUTILGAN BAYRAM   O‘n yilcha bo‘lib qoldi, bir guruh olimlar, san’atkorlar bilan Moldaviyaga borib, MDH davlatlari ijodiy va ilmiy intellegentlarining Kishinyov shahrida o‘tkazilgan to‘rtinchi forumida qatnashgan edik. Mehmonxonamiz shaharning qoq markazida, “31- avgust” ko‘chasida joylashgan ekan. Men ajablanib,: “Nima, 31-avgustda mamlakat tarixida shunga...

Continue reading

Milliy g‘ururimiz ramzi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Jonkuyar, fidoyi tilshunos sifatida dotsent G‘ofirjon Hamroyevni yaxshi bilaman. Uning faolligi va tilimiz ravnaqi yo’lidagi o‘tkir fikrlari diqqatingizni tortmasdan qolmaydi. Navbatdagi chiqishlaridan biri ham ana shunday e’tiborga molik. Marhamat, mutolaa qilishga kirishing-chi.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text]TIL - MILLIY G'URUR DEMAKDIR O'zini hurmat qilgan kishi tilini ham hurmat qiladi. Onasini boshiga ko'taradigan inson shu zotga aloqador barcha narsani qadrlaydi. Onamizni o'ylaymiz, lekin u bizga bitta-bitta o'rgatgan so'zlarning, shu tabarruk tilning taqdiriga befarqmiz, boshqalarning oyoq osti qilishiga indamay qarab turamiz. Rivojlangan millatlarga havasimiz keladi, biroq ularning milliy qadriyatlariga qanchalik sodiq ekanliklari haqida o'ylab ham ko'rmaymiz. O'rganishlardan ma'lum bo'ldiki, qaysi hududda ona tiliga, davlat tiliga bepsand munosabatda bo'lingan...

Continue reading

Bosh vazir: Ularda davlat tiliga hurmat degan tuyg‘u bormi o‘zi?!

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_empty_space][vc_empty_space][vc_column_text] O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi qadrini hurmat qilish, unga beparvolik bilan qaramaslik, ayniqsa, ommaviy joylardagi yozuvlar, reklama va e’lonlarda til va imlo qoidalariga rioya qilish, shu orqali ona tilimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromni saqlash eng og‘riqli nuqtalardan biri bo‘lib kelyapti. Shu vaqtgacha «Oila davrasida» gazetasida xuddi shu mavzu yuzasidan o‘nlab tanqidiy-tahliliy maqolalar e’lon qilingan edi. Soha mutaxassislari, olimlar va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari gazeta sahifalarida peshma-pesh berib borildi...

Continue reading