9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: Rahimboy

notiq.uz > Articles posted by Rahimboy

MAʼRIFAT TARGʻIBOTI – MAʼNAVIYAT TASHVIQOTI

Jamiyatning qoʻsh qanoti, ruhiy quvvati bu maʼnaviyat va maʼrifatdir. Uning omma ongiga singdirilishi katta kuch va ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham Davlatimiz rahbarining Maʼnaviyatga bergan ilk taʼrifi bejiz emas. “Maʼnaviyat - eng taʼsirchan va qudratli qurolimiz.” Demak, uning taʼsirchan mexanizm sifatidagi rolini bilish va amal qilish muhim vazifa. Bu tajribali, taniqli ijodkorlar bilan muloqot, eng muhimi, kitobxonlikka daʼvat bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish hamda badiiy savodxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida “Maʼrifat ulashib” loyihasini ishlab chiqishi ham ana shu boradagi dadil qadam, qutlugʻ maqsaddir deyish mumkin. Mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar...

Continue reading

Ayollarning yetakchilik salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbir boshlandi

Toshkentda siyosiy partiyalar ayol vakillarining yetakchilik salohiyatini oshirish boʻyicha besh kunlik oʻquv-amaliy mashgʻulotlarga start berildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etildi.   Aytib oʻtish kerakki, keyingi yillarda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan 50 dan ortiq qonun hujjati qabul qilindi.     Yangilangan Konstitutsiyaning 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashi kafolatlangan.   Qonun bilan saylovlarda ayollarning ishtiroki siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan deputatlikka...

Continue reading

Rost gapirishni tibbiy foydasi borligini bilarmidingiz?

Yolgʻon soʻzlayapsizmi? Qanday vaziyatlarda koʻproq yolgʻon gapirasiz? Javob berishdan avval oʻylab oling. Fransiyalik olimlarning hisob-kitoblari boʻyicha, oʻrta yoshdagi odamlar hafta davomida 11 - 15 martagacha yolgʻon gapiradi. Massachusetts universiteti olimlari esa voqea hodisalarini bortirib, yolgʻon – yashiq soʻzlar bilan boyitishni hush koʻruvchilar muntazam bosh og’rigi va shamollashdan bezovta bo’lishlarini ta’kidlamoqda. Yolgʻon ishlatadigan odamlar asabiy ham bo’ladi. Siri fosh bo’lishidan qo’rqib, hatti-haraktlarini nazorat qilish, doimiy ziyraqlikni qo’ldan bermaslikka urinadi. Bu esa ruhiyatni ham, organizmni ham toliqtiradi. Shundan kelib chiqib: kasal bo’lmay, uzoq umr ko’rishni istasangiz, kamroq yolgʻon gapiring. ...

Continue reading

Bilgan yaxshi

Infeksiya: doim g'amgin va omadsiz bo'lgan odamlardan qoching 🔻 Birovning baxtsizligi siz uchun halokatli bo'lishi mumkin - hissiy holatlar kasalliklar kabi yuqumli.  🔻 Siz huddi cho'kayotgan odamga yordam berayotgandek tutasiz o'zingizni, lekin aslida omadsizlikni o'zingizga tortayotgan bo'lasiz. Omadsizlar ko'pincha muammo tug'dirib yurishadi, yetmaganiga sizning boshingizga ham tashvish keltirishlari mumkin.  🔻 Shunday ekan, extiyot bo'ling! Yordam bering, lekin oshirib yubormang. Super qahramonlardek tutmang o'zingizni! Atrofingizda shunday odamlar bormi? ❤️ — BOR 🔥 — YO'Q ...

Continue reading

YANGI LABORATORIYA — YANGI IMKONIYAT

Global muammolar, umumbashariy masalalar dunyo mamlakatlari uchun  barcha jabhalarda birgalik va hamkorlikni talab etadi. Bu esa muammolarning birdan - bir yechimidir. Shunday ekan, bunday muammolarning kaliti esa bevosita va bilvosita ilmu taʼlim tizimidir.  Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligi ana shu harakatning muhim bir boʻgʻini desak, xato boʻlmaydi. Shuni taʼkidlash zarurki, Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi, shu yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini davlat tashrifi bilan Xitoyda boʻlishi, Pekinda boʻlib oʻtgan ikki tomon OTM uchrashuvlari taʼlim, ilm - fan sohasidagi oʻzaro aloqalarni yangi darajaga olib chiqdi.  Bugun “TIQXMMI” MTU va Xitoy Xalq Respublikasining Lanjau universiteti hamkorligida tashkil qilingan Xitoy Oʻzbekiston Iqlim oʻzgarishlarini...

Continue reading

Yetti hikmat, bizga ibrat

Ibrohim ibn Adham aytadi: “Uyimga mehmonlar kelishdi. Ular Allohning do'stlari ekanini bildim. Ularga: “Menga Alloh taolodan qoʻrqishni nasihat qilinlar, toki sizlar kabi taqvodor bo’layin”, dedim. Ular: “Senga yetti narsani nasihat qilamiz dedi”:  1) Koʻp gapirma, koʻp gapirish qalbni oʻldiradi;  2) Koʻp yema, chunki koʻp yeyish hikmatni ketkazadi;  3) Insonlar bilan behuda muloqot qilma, aks holda ibodatlaringda halovat yoʻqoladi;  4) Dunyoga muhabbat qoʻyma, chunki boylikning hotimasi yaxshi emas;  5) Johil bo’lma, qalbing qorayadi;  6) Zolim bilan do'stlashma, diningda istiqomat yoʻqoladi;  7) Kim boylik ilinjida insonlarni rozi qilmoqchi bo’lsa, Alloh taolo undan rozi bolmaydi. ...

Continue reading

Psixologik yechimlar

ODDIY QOIDALAR 1. Agar sizga sizni hech kim yaxshi koʻrmaydigandek tuyulsа, aslida siz oʻzingizni yetarlicha yaxshi koʻrmaysiz. 2. Atrofdagi hammа narsа gʻаshingizgа tegа boshlаsа, demаk oʻzingizdаgi nimаdаndir norozisiz. 3. Qаchonki kimdаndir hаfа boʻlsаngiz, siz oʻshа odаmdаn emаs, bаlki undаn kutgаn umidlаringiz аmаlgа oshmаgаnidаn hаfа boʻlasiz. 4. Agаr bаxtli bоʻlishim kimgаdir bоg’liq deb oʻylаsаngiz demаk yetаrli dаrajаdа erkin, mustаqil emаssiz. 5. Negаtiv hаyotdаn, pozitiv hаyotgа tez oʻtishning eng yаxshi yоʻli oʻzingizdаgi bоr nаrsаlаrgа shukur qilishdir. 6. Sevgi tаlаb qilinmаydi, sоʻrаlmаydi. U shunchаki tuhfa etilаdi. 7. Kim bilаndir dаrdingizni bоʻlishsаngiz u ikki mаrtа kаmаyаdi. Quvоnchingizni bоʻlishsаngiz u ikki mаrtа kоʻpаyаdi. Manbaa: @nishondagi_gаplаr_tegаdi ...

Continue reading

Vatandosh burchi

🇺🇿 O'zbek, bir millatning farzandi bo'lib "qaysi buyuk g'oya uchun yashayapsan?" deb so'rasalar.  Javobim: Buyuk O'zbekistonning bir farzandi dunyoga kelsin;  1. Vatanini sevsin (ota-ona, oila, yurt va yaqinlari, atrofdagilarga sadoqatli bo'lsin)  2. Bir hunar va kasbning ustasi bo'lsin  (kitob o'qisin, sohaning eng zo'ri bo'lsin kim bo'lsa ham, o'qituvchimi, shifokormi xoh dasturchi xoh g'isht teruvchi)  3. Chet tillarini yaxshi bilsin, tanqidiy fikrlashni o'rgansin, bir ish qilsa mushoxada va tahlil bilan amalga oshirsinlar. Aql bilan ish yuritsin, farosatiga dunyo tan bersin.  🇺🇿🌳 Bizning maqsadimiz shu — salohiyatli, o'z avlodiga munosib mulk va nufuz qoldiradiganlardan bo'lish. @alisher_sadullaev ...

Continue reading

Tilni saqlang!

Insonning ehtiyoti qiladigan bosh a'zolaridan biri til. Uni ham saqlamoq lozim. Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytadi: “Badanning har bir a'zosini Allohu taologa tildan shikoyat qiladi: “Ey Rabbim, uni to'g'ri saqlagin. Agar u to'g'ri bo’lsa, hammamiz to'g'ri bo’lamiz. Agar buzilsa, bizlar ham buzilamiz”. Hazrat Ali karamallohu vajhahu anhu aytadlari: “Kishi tilining ostidadir”, chunki u gapirmagunicha uni johilmi yoki olimmi, yaxshimi yoki yomonmi, – bilib bo'lmaydi. Uning kimligini tili fosh qiladi". Hasan Basriy rahmatullohi alayhi til borasida bunday deganlar:“Uning (tilning) hajmi kichik, lekin gunohi kattadir”. Abu Hayyon Tamimiy rahmatullohi alayhi aytadi: “Agar kishi oyog'larini saqlashni xohlasa, tilini ehtiyot qilsin”. ✍️ "Sharm va hayo” kitobidan ...

Continue reading

                          BIRDAMLIK GʻOYASI TIMSOLI

Kuni kecha Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan buyuk sarkarda haykali poyida gulchambar qoʻyish tadbirida ishtirok etdik. Yomgʻir sharros quyib turishiga qaramasdan, biz bir guruh Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari gulchambar qoʻyish tadbirida ishtirok etib, telekanallarga intervyular berdik.  Turli davrlarda, turli makonlarda xalqi qudrati va ulugʻvorligini oʻzida mujassam etadigan buyuk siymolari boʻladi. Ular oʻzi mansub boʻlgan xalqning ramziga, davlatning timsoliga aylanishi muqarrar. “Bizning kuch qudratimizni bilmoqchi boʻlsangiz, biz qurdirgan imoratlarga nazar soling” degan mazmunidagi bitiklari, markazlashgan davlat barpo etishdek buyuk xizmatlari bilan dong qozongan sohibqiron Amir Temur ana shunday shaxslardandir. Uning...

Continue reading