FARG‘ONA VILOYATI HOKIMI O‘RINBOSARI BELARUSGA ELCHI QILIB JO‘NATILDI

O‘zbekistonning Belarusdagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Minsk shahriga yetib bordi.
Tayinlovga qadar u Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
45 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Chexiyaning Bogemiya Markaziy universitetini tamomlagan. U Adliya va Tashqi ishlar vazirliklari, Germaniya va Xitoydagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Nuriddin Mamajonov ushbu lavozimda 2024–2026 yillarda Belarusda O‘zbekiston elchisi bo‘lib ishlagan Rahmatulla Nazarov o‘rnini egalladi.
(Xabar.uz)