9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

O‘ZBEKISTON METALLURGIYA SOHASINING «AQL MARKAZI» BELGILANDI

notiq.uz > Yangiliklar  > O‘ZBEKISTON METALLURGIYA SOHASINING «AQL MARKAZI» BELGILANDI

O‘ZBEKISTON METALLURGIYA SOHASINING «AQL MARKAZI» BELGILANDI

O‘zbekistonda metallurgiya sohasining «aql markazi» belgilandi

Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda metallurgiya sanoatini ilmiy asosda rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi metallurgiya sanoatining «aql markazi» sifatida belgilandi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishga Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ilmiy-texnologik markazi, Texnologik metallar kombinatining «O‘zbekiston – Koreya» ilmiy-texnologik markazi, Toshkent davlat texnika universiteti, Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti, Olmaliq texnika instituti hamda «Moskva po‘lat va qotishmalar instituti»ning Olmaliq filiali biriktirildi.

Endilikda ushbu ilmiy muassasalar yangi turdagi materiallarga bo‘lgan talabni o‘rganib, qaysi hududda qanday loyihalarni amalga oshirish, qaysi texnologiyalarni joriy etish va qaysi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash zarurligini tahlil qiladi.

Shu asosda har bir hudud uchun metallurgiya sohasini rivojlantirishning bir, uch va besh yillik dasturlari ishlab chiqilib, viloyat hokimlariga yetkaziladi.

Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab Bekobod metallurgiya kombinatida qora metallurgiya kafedrasi tashkil etilib, dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Yig‘ilishda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga metallurgiya sohasidagi barcha muammolarni jamlaydigan yagona raqamli platformani ishga tushirish vazifasi ham yuklatildi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.