9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

PREZIDENT BIR GURUH YOSHLARNI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLADI

notiq.uz > Yangiliklar  > PREZIDENT BIR GURUH YOSHLARNI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLADI

PREZIDENT BIR GURUH YOSHLARNI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLADI

Prezident bir guruh yoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentning farmoni va qarori qabul qilinib, turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan bir guruh faol yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Prezident farmoniga muvofiq, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik, sport, san’at, davlat xizmati va boshqa sohalarda munosib yutuqlarga erishib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan 20 nafar yosh «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi

Shuningdek, Prezident qarori bilan mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat va huquqni muhofaza qilish sohalarida alohida faollik ko‘rsatgan 28 nafar iqtidorli yigit «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.  

Qarorga muvofiq, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ham beriladi.

Davlat mukofotlari har yili Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan, iqtidor va tashabbusi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida topshiriladi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.