9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

JASORAT VA JUR’AT UYG‘UNLASHGAN ISTE’DOD SOHIBI

notiq.uz > Suhbatlar  > JASORAT VA JUR’AT UYG‘UNLASHGAN ISTE’DOD SOHIBI

JASORAT VA JUR’AT UYG‘UNLASHGAN ISTE’DOD SOHIBI

Karim BAHRIEV 1962 yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi G‘o‘s qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetida va Moskva Davlat universitetida oliy tahsil olgan. «O‘zbekiston adabiyoti va sanati» gazetasida katta muxbir, «Marifat» gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari, «Xo‘jalik va huquq» jurnali hamda «Hurriyat» gazetasida Bosh muharrir, “Jahon adabiyoti” jurnalida bo‘lim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1990-1995 yillarda O‘zbekiston xalq deputati sifatida mamlakat parlamentida faoliyat yuritgan. Ayni paytda “Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi «Merosnyus» axborot xizmati rahbari  hamda “Migratiom, labor and security” jurnali Bosh muharriridir.

Abdulkarim Bahriddin «Sabr kosasining siniqlari» sheriy kitobining, «Demokratiya va inson huquqlari», «Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masuliyati», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari» nomli o‘zbek tilidagi ilmiy-ommabop kitoblarining, “OAV va saylovlar” hamda “SMI i vыborы” nomli o‘zbek va rus tilidagi qo‘llanmaning, So‘z erkinligi haqida so‘z” nomli o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi kitobning, qator tanqidiy-tahliliy maqolalarning muallifidir.

Abdulkarim Bahriddin Seneka, Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroshfuko, Labryuyerning falsafiy asarlarini, CHingiz Aytmatov, Dino Butssati, Jovanni Papini, Korrado Alvaro, Marchello Venturi hikoyalarini, uyg‘ur shoiri Temur Davomatning she’riy kitobini, ozar shoiri Romiz Ravshanning sherlari va dostonini, A.Avtorxonovning «Kreml saltanati» kitobini tarjima qilgan. Uning tarjimasida ozarboyjon, turk, olmon, grek, farang, arab, ingliz, eron, yapon shoirlarining she’rlari chop etilgan.

 

SHunday insonlar bo‘ladiki, ular bilan suhbatlashish uchun etuk bilim va saviya kerak. Bo‘lmasa ular o‘z qalbilarini sizga ochmaydi. Karim Bahriev ana shunday iste’dod sohibi.

  • Bolalik paytlaringizdagi yodda qolgan yorqin taassurotlar bilan o‘rtoqlashsangiz.
  • Mening bolaligim tog‘li qishloqda G‘avs ul A’zam qadamjosining poyidagi G‘o‘s qishlog‘ida, uzumzor va tamakizorlar ichida kechgan. Otamizning onalarining onalari, Ibodulla qo‘rboshining ayoli bo‘lgan va 104 yoshida vafot etgan To‘xta momomizdan shaxid bobolarimiz haqida hikoyalar eshitganmiz. Otamning onalari Zulfiya momom Ibodulla qo‘rboshining qizi edilar, Ibodulla qo‘rboshi — kechasi bolalarini ko‘rgani qishloqqa tushganda, uyquda tutilib, G‘o‘s -Urgut yo‘lida qizillar tomonidan otilgan, o‘n sakkiz eridan teshilgan qonli ko‘ylagi ota uyimizda saqlanadi. Bahriddin bobomiz ham shahid o‘ldirilganda 1932 yil otam onaning qornida qolganlar, ya’ni bobomni men tugul otam ham ko‘rmaganlar. Zulfi momo 24 yoshda beva qolib, farzandlarni voyaga etkazganlar, boyning qizi sifatida Urgutdan dashtga surgun bo‘lib, bir muddat yashaganlar.U kishi haqida 17 yoshimda yozgan she’rim hozircha birinchi va yagona she’riy kitobimda 1990 yilda chop etilgan.

ZULFI MOMO
Qars-qurs sindi shishaday muzlar,
SHitir-shitir chechaklar undi.
YAna qushlar uchar er uzra,
Zulfi momo,
Siz yo‘qsiz endi.

Qaldirg‘ochlar qaytdilar bir-bir,
CHorbog‘imiz bo‘ldi shu’lakon.
Musichalar qaytdi-ku, axir,
Qaytmaysizmi endi, momojon.

YUlduz to‘la kechalar samo,
YAna oftob kuydirar kunduz.
O‘sha falak, o‘shanday dunyo –
Ko‘rolmaysiz uni siz, afsus.

Onam yig‘lab tortadi qatim,
Otam men deb xo‘rsinar chuqur –
Siz aytganday odam bo‘lmadim,
Bu holimni ko‘rmaysiz, shukur…

Otam 40dan ziyod doston va 200dan ziyod rivoyatlarni yoddan aytardilar, tunlari tamaki bargini ipga tizib eshitardik.

  • Kasbingizning og‘ir va og‘riqli nuqtalari haqida nimalar deya olasiz?
  • Jurnalistika – xuddi shifokorlik va muallimlik kabi ijtimoiy bir sohadir, u jamiyatga ma’rifat ulashadigan va undagi illatlarni oshkor etish va muhokama orqali echimini izlash bilan davolaydi. Bu sharafli kasb. Albatta, bu sohaning rivoji ko‘p omillarga — mavjud qonunchilikka va huquqiy me’yorlarga qanchalar rioya etilishiga, so‘z erkinligiga nisbatan mavjud siyosiy irodaga, axborotni erkin izlash, olish va tarqatish darajasiga, jurnalistlarning kasbiy mahorati va ma’naviyatiga, kasbiy ta’lim darajasiga va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liqdir. “Ommaviy axborot vositalari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondoshuvlarga keng yo‘l ochib berishi, jamiyatimizdagi bugungi o‘zgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uyg‘otishi lozim”, — degan edilar Prezidentimiz Islom Karimov. Jurnalistning maqomi ko‘p jihatdan ommaviy axborot vositasining mamlakatdagi faoliyat yuritish maqomiga, huquqiy himoyasiga bog‘liq. Huquqiy himoyalanganlik faqat qonunlarning qabul qilinganigagina bog‘liq emas, bu qonunlar amal qilishi ham kerak. Qonunlarning amal qilishi esa juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ulardan ayrimlarini sanab o‘taylik. Birinchidan, qonunlar amal qilishi uchun ular xalq irodasini ifodalashi kerak, ya’ni odamlar qonunlarni yuqoridan o‘rnatilgan, cheklovchi, taqiqlovchi unsur emas, aksincha ularning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqaruvchi, himoya qiluvchi vosita sifatida qabul qilishlari kerak. Ikkinchidan, qonunlarning amal qilishi jamiyatning huquqiy madaniyatiga, undagi ijtimoiy-huquqiy ongning takomiliga bog‘liq. Laroshfuko: «Ko‘pchilik odamlar adolatsizlikka uchrab qolishdan qo‘rqqanlari uchungina adolatni sevadilar», – degan edi. Qonunning kuchi uning qo‘rqitish kuchiga bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Fuqarolarning huquqni tushunish saviyasi pastligicha turaversa, jamiyatda yovvoyi mayllar hukm suraversa, eng odil qonunlar ham qog‘ozda qolaveradi. Uchinchidan, qonunlarning amal qilishi davlat hokimiyatining qonun barhaqligini taminlash kuchiga bog‘liqdir. Xulosa shuki, qonunlarning taqdiri jamiyatda qonun ustuvorligiga erishilishiga, hammaning qonun oldida tengligiga, buning natijasida shakllanadigan fuqarolarning huquqiy ongiga bog‘liq. Odamlar so‘zga qarab emas, ishga qarab xulosa chiqaradilar. «SHariatda sharm yo‘q», – degan hikmat bor. Buning ma’nosi shuki, shariat amalingga, pulingga, obro‘yingga qaramaydi, deyilmoqda. Davlat o‘z xalqi va amaldorlarining qonun olida barobarligini ta’minlashi lozim. To‘rtinchidan, qonunni buzganlar muqarrar jazolanishi qonunning amal qilishiga tasir ko‘rsatadi. Tamoyil shuki, biror-bir huquqbuzarlik jazosiz qolmasin va ayni paytda, biror-bir begunoh jazolanmasin. Tolstoy: «Bir begunoh jazolanganidan ko‘ra, o‘nta gunohkor jazosiz qolgani afzal», – degan edi. Gunohkorga baribir jazo bor – uni hamma kechirganda ham, u o‘zini-o‘zi kechirolmaydi, yolg‘iz qolganda vijdonan qiynaladi. Qonunning amal qilishi unga ishonchga bog‘liq, unga ishonch esa qonunbuzar uchun jazoning muqarrarligiga, aybsizning jazolanmasligiga, yani mamlakatdagi huquq-tartibot idoralarining tartibotiga, eng muhimi, sud tizimining odilligi va mustaqilligiga bog‘liqdir. Ommaviy axborot vositalari esa – konstitutsiyaviy institutdir, Konstitutsiyada alohida bob unga bag‘ishlangandir. Ommaviy axborot vositalari tuzumning demokratik xarakterini belgilaydigan va ro‘yobga chiqaradigan institutdir, yani ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil bo‘lgan mamlakatgina demokratikdir, xalq o‘z dilidagini gapirish, o‘z xohishiga ko‘ra yashash tarzini belgilash, buning uchun turli fikrlar va axborotlarni izlash, olish va tarqatish imkoniga ega bo‘lsagina demokratiya amal qila oladi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati  demokratik jamiyat mavjudligining zarur shartidir. Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy fikrni rivojlantirishi va shakllantirishi bilan jamiyatning barqarorligi hamda farovonligiga xizmat qiladi. Ayni paytda ommaviy axborot vositalari ijtimoiy fikrga zug‘um ham o‘tkazmagani kabi ijtimoiy fikrga soyaday ergashib ham kun ko‘rmaydi. Jamoatchilik fikri o‘ngga va so‘lga chayqalib turadi, biroq ommaviy axborot vositasi voqea va xodisalarning asl holatini oydin aks ettirishi, izchil haqiqatga intilishi lozim. To‘g‘ri, OAV mavqeiga uning iqtisodiy asosi ham jiddiy tasir ko‘rsatadi. Foyda olishga intilish, moliyaviy jihatdan tiklanish maqsadida «homiylar»ning ta’sir doirasiga tushish voqea va hodisalarning  noxolis yoritilishiga olib kelishi xavfi hamisha mavjuddir.  Demokratiya – o‘zini o‘zi boshqarmoqdir. O‘z-o‘zini boshqarish demokratiyaning mohiyatidir. Bunday jamiyat o‘z hayotini qurishga doir o‘zining zalvorli qarorlarini qabul qilishi lozim. Zarur qarorni ishonchli, tekshirilgan axborotlar va oshkora fikr almashuvlarsiz qabul qilish imkonsizdir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Xalqimizning milliy uyg‘onishi milliy xavfsizligimizning kafolatidir», – deb ta’ YAqinda men A.Lixtenbergning shunga monand fikrini o‘qib qoldim: «Kamchiliklarimizni bilib olsak, ular bizga boshqa ziyon keltirolmaydi». Tomas Jeferson esa so‘z erkinligini shu qadar ezozlagan ediki, bir kuni shunday bayonot bergandi: «Agar menga hal qil – gazetalarsiz hukumat kerakmi yoki hukumatsiz gazetalar – deyishsa, men hech ikkilanmasdan ikkinchisini tanlagan bo‘lardim». Bu fikrning ma’nosi shundaki, demokratik tuzumda davlat boshqaruvidan jamoatchilik boshqaruvi muhimroqdir. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari harakatlanayotgan mamlakatimiz uchun bu juda ahamiyatlidir. SHuni aytish kerakki, hech qaysi hokimiyat ommaviy axborot vositalarini yaxshi ko‘rmaydi – buni orzu ham qilmaslik kerak. Totalitar hukumat matbuotni jilovlashga, bo‘g‘ishga urinadi. Demokratik hukumat ham mass-mediani sevmaydi, ammo u ommaviy axborot vositalariga «chidaydi», sabr-toqatli munosabatda bo‘ladi. Ommaviy axborot vositasining o‘quvchisi (tinglovchisi, ko‘ruvchisi) uchun eng muhimi jamiyatdagi real hayotda, shu jumladan, hokimiyat idoralarida qanday hodisalar kechayotganini bilishdir, jurnalistning bu haqdagi mulohazalari esa uni ikkinchi o‘rinda qiziqtiradi yoki umuman qiziqtirmaydi. Fuqarolarning keng qatlamini qiziqtiradigan ommaviy axborot vositasi bo‘lish uchun esa xolis bo‘lish zarur. Bu nafaqat kasb zaruriyati, balkim jurnalistik axloq talabidir. Albatta, bunda ommaviy axborot vositasining, shu jumladan, jurnalistning iqtisodiy holati ham muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiy baquvvat nashr «homiy»larga muhtoj bo‘lmaydi, hech bo‘lmaganda aholining o‘rtacha sinflari darajasida maosh oladigan jurnalist ham turli-tuman «sovg‘a-salom», «minnatdorchilik», «homiylik» niqobidagi – poralardan, tekin «mehmongarchilik»lardan, buyurtma maqolalardan o‘zini tortadi, xolis axborot tarqatuvchiga aylanadi, jamiyatga halol va xolis xizmat qiladi hamda bu haqda baralla aytishdan qo‘rqmaydi.
  • Bilib bilmasdan jinoyatga yo‘l qo‘yish, qo‘l urish ayrimlar taqdirida bor. Keyinchalik, bu ishi, qilmish-qidirmishi sabab afsus-nadomatda umrguzaronlik qiladi. Siz ba’zilar taqdiridagi bunday holatni qanday izohlaysiz?
  • Men, albatta, shu bugun jinoyat sodir etgan yoki jinoyatchi sifatida jazosini o‘tayotgan konkret, muayyan odam haqida biror umumiy gap aytolmayman. Har bir jinoyatning, har bir “jinoyatchi”ning ishida muayyan sabab bo‘lishi mumkin. Har bir xodisa alohida o‘rganishga muhtoj. Umuman olganda, biroz yuridik sohada ham ishlaganim uchun aytaman, jinoyat qilish hamisha qasddan qilganlikni taqozo etadi, albatta.  Inson yaxshi tarbiya olishi, yaxshi yashashi, yomonlik qilmasligi kerak. Bu bir azaliy orzuimizdir. Real hayotda insonning boshiga ko‘p sinovlar tushadi. Bundan xulosa chiqarish kerak. Jazo ham saboq bo‘lishi kerak, jinoyatchi jazo tufayli badtarlashib ketmasligi kerak. YAqinda xorijlik bir jurnalist do‘stimizning tajriba-loyihasi haqida eshitdim. U qamoqdan chiqqan, o‘tirgan insonlar bilan intervyular loyihasini yuritib bir narsaga hayratlanibdi. Uning nazarida qamoqdagi insonning qilmishini, dunyoni, insonning hayotdagi o‘rnini o‘ylashga, faylasufona xulosalar chiqarishga imkoni ko‘p. (Men bu gapga ishonaman, chunki o‘zim bir gal ko‘p qavatli uyda liftda qamalib qolib, usta kelguncha yarim soatda nima xayollarga bormadim, deysiz). Jurnalist birodarimizning nazarida mahbusxonada uzoq o‘tirgan odam albatta faylasuf bo‘lishi, kutilmagan boqiy xulosalarga kelishi kerak edi… Afsuski, uning aytishicha, ularning aksariyati hammadan alamzada, darg‘azab bo‘lganini ko‘ribdi u. Men o‘n yil avval Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Xalqaro qamoqxona mezonlar va me’yorlari”ni Evropa Kengashi Toshkentdagi vakolatxonasi orqali Penal Reform International iltimosiga ko‘ra tarjima qilganman va u o‘zbekchada chop etilgan. Ko‘chadagi inson o‘ziga o‘zi g‘amxo‘rlik qila oladi va qilishi kerak. Mahbusxonadagi insonlarga muayyan mezonlarda ko‘zda tutilgan sharoitlarni yaratib berish xalqaro mezondir va insoniylikdandir. SHu qatorida mahbuslar ham insoniylikni asrashlari lozim. Bu narsa hozir tashqarida ham noyob bo‘lib bormoqda. Ikkinchi jahon urushi paytida yapon asirlarini ishlatgan sibirlik bir askarning hayratini o‘qiganman. YApon asirlari xandaq qazish singari eng loy ishga ham yuvilgan, ohorli kiyimda chiqisharkan, bellariga toza sochiq bog‘lab olisharkan. Urush tugab, ularning lagerini qabul qilib olishga, baraklarni tozalashga borishsa (chunki rus lagerlarida qamoqxonalar iflos, devorlarga hayosiz so‘zlar yozilgan, sassiq bo‘larkan-da),  ularning lagerida pollar yarqiraydi, rus qamog‘ining devorini ular oqqa bo‘yab, tabiat manzaralarini chizishgan ekan. Komendantning aytishicha, asirlar binoga oyoq kiyimlarini  echib kirisharkan. Mana, asirlikda ham insoniy madaniyatni saqlash namunasi.
  • Xato va jinoyatlarning ildizini nimalarda deb o‘ylaysiz?
  • Har bir jinoyatning muayyan ildizlari bor. Avval aytganimday, har bir holat o‘ziga xosdir. Umumlashtirib aytsak, jinoyatning ildizlari insonning tarbiyasiga, ruhiyatiga, ma’rifati va ma’naviyatiga bog‘liq. SHuningdek, mavjud qonunchilikdagi takomillashuvi talab etiladigan me’yorlar, mavjud amaliyotga daxldor holatlar ham bor. Jinoyatlarning ijtimoiy, iqtisodiy ildizlaridan ham ko‘z yumolmaymiz, albatta.
  • “Ko‘za kunda emas, kunida sinadi” degan naqlni bot-bot eslab turamiz. Har gal bo‘lib kelayotgan, qilib kelayotgan ishim bu gal ham silliqqina ko‘char degan mazmunda tashlangan nojo‘ya qadam insonni o‘zi kutmagan girdobga tortadi. Bunda kimni yoki nimani aybdor deyishga to‘g‘ri keladi?
  • Xalqda: “Qo‘lga tushgan — o‘g‘ri”, — degan kinoyaomiz gap ham yuradi. Men bunga qarshi o‘laroq, bir she’rimda “Hech kim bilmasa ham uyatdir yolg‘on” – deb yozgan erim bor. Jinoyat, o‘g‘irlik “silliq kechayotganda” ham, hech kim bilmaganda ham jinoyatdir. El ko‘rmaydi, ammo sezadi, degan naql bor. Bosar-tusarini bilmay qoladi aybdor. Azalning jazosi muqarrardir.
  • “Hukm ham, mulk ham allohdandir”. Bu hadisni qanday izohlaysiz?
  • Albatta, men xadislarni sharhlay oladigan katta diniy ilmga egamasman. “Al abd mutadbir va Alloh mutaqdir”, — degan hadis ham bor, ya’ni banda tadbir qiladi, Alloh taqdir qiladi. SHuning uchun hukm ham, mulk ham Uning irodasi ila keladi. Imom Termiziydan keltirilgan xadisda “Mulkini himoya qilib halok bo‘lgan kishi shahid maqomidadir” – deyiladi. Xukmga itoat etish, dunyoga keng qarash, taqdirni bir sinovu saboq sifatida qabul qilish haqida o‘ylarkanman, bir rivoyat yodga tushadi. Bir o‘lkaning amiri dono vazirini yaxshi ko‘rar, do‘st tutib yurarkan. Bu dono vazirning sevgan gapi “Bunda bir hikmat bor” – deyish ekan. Bir kuni amir qilichini o‘ynab turib, barmog‘ini kesib olibdi. Qonni zo‘rg‘a to‘xtatib, turgan eri vaziri kelib qolibdi. Ahvolni ko‘rib yana “YAratganning ishi behikmat bo‘lmas, taqsir, bunda bir hikmat bor!” – debdi. Amirning darg‘azab payti ekanmi: “Bunda nima hikmat bo‘ladi, bu bir falokat bo‘ldi-ku?!” – debdi va vazirni zindonga tashlashga buyuribdi. Keyin ovga, ko‘ngil yozishga chiqibdi. Qalin o‘rmonda to‘dasidan adashib, yovvoyi bir qabilaning qo‘liga tushibdi. Ular “Xudo”lariga asirni qurbonliqqa keltirishga qaror qilishibdi. Echintirib so‘yaman deb turishsa, uning yarador qo‘liga ko‘zlari tushibdi. “Xudolar”ga noqis narsa qurbonlikka keltirilmaydi, bu arzimas ekan, deb uni qo‘yib yuborishibdi. Bir iloj qilib amirligiga etib olgan amir vazirni ozod etib: “Rostdan qo‘limga tig‘ tekkanida hikmat bor ekan, shu yaram tufayli o‘limdan qoldim”, — debdi. Vazirga boqib: “Ammo sen bekorga zindonda azob chekding-da…” – debdi. Dono vazir esa: “Amirim, agar men zindonga tushmaganda siz bilan ovga chiqardim. Qo‘lga tushsak, sizni yarangiz tufayli ozod etib, meni qurbonliqqa so‘yib yuborishardi. Zindonda o‘tirishimda ham hikmat bor”, — debdi. Hayotni mardona qabul qilish kerak. Odamgarchilikni yo‘qotmaslik eng muhim narsadir.
  • “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi” deyishadi. Birov bilib o‘tiribdimi deb ish qilish, oqibatini o‘ylamasdan qilingan harakatga shayton yo‘ldan urdi deyish o‘ziga tasalli berishmi yoki uning boshqa bir izohi bormi?
  • Albatta, bu dunyoda hech bir harakat javobsiz qolmaydi. SHayton muttasil yo‘ldan urishi ham bor gap, ammo odamning odamligi shaytonga qarshi tura olishidadir. Laroshfuko: Pora olishga imkonsiz odamning tozaligi jasorat emas, pora olish imkoniga ega bo‘la turib pokiza qolish jasoratdir”, — degan. Dunyoviy ishlarni amalga oshirishning mehnattalab, mashaqqattalab yo‘llari qatorida, jinoiy yo‘l bilan bir qadar oson hal qilsa bo‘ladigan shaytoniy yo‘llari ham jilva qilib turadi. Mashrab aytgani kabi, ana shu jilvakor makkorlikka uchmaslik, “ketiga shappatilab o‘tish” muhimdir. Boylik halol, mehnat bilan topilishi kerak. Insonni yo‘ldan urish shaytonning aybi emas, kasbidir. Oh, uning makriga uchmaslik uchun qanchalar ruhiy quvvat kerak. Bu quvvat dinimizda, ma’naviyatimizda, ajdodlarimizning fikr bulog‘idadir.
  • Akademik shoirimiz G‘afur G‘ulom “Vaqt” she’rida “Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam, g‘oyibdan kelajak baxt bir afsona” deb yozgandi. SHunga monand atoqli yozuvchi Lev Tolstoy “Inson baxtli bo‘lishi kerak, mabodo u baxtsiz ekan, bunga uning o‘zi aybdordir” degan fikrlari yodga keladi. Qaysi fikrga ko‘proq qo‘shilasiz?
  • G‘afur G‘ulom satridan ateizmning hidi ufurib turadi, albatta. Siz fikrlashga undayotgan masalalar juda chuqur falsafiy-diniy masalalardir. Insonning taqdiri azaldan belgilangan bo‘lsa, uning jinoyatchi bo‘lishi ham azaldan ekan, nega u javobgar bo‘lishi kerak, deguvchilar ham bor. Buning hikmati boshqachadir. Alloh taolo hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan biladi. O‘sha hodisalar va narsalar Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga keladi. Allohning ilmi chegarasiz, Alloh irodasi shomil va qudrati komildir. Taqdir, ya’ni qazo va qadar aqiydasi Allohning ana shu sifatlariga asoslangan aqiydadir. SHuning uchun ham qazoi qadarga iymon bo‘lmasa, Allohga bo‘lgan iymon tugal bo‘lmaydi. Darhaqiqat, Alloh taolo hamma narsani biladi. Uyasi ichida g‘imirlayotgan chumolidan tortib, o‘z falakida harakat qilayotgan sayyoralargacha biladi. U Zotning ilmidan hech narsa g‘oyib bo‘lmaydi. Alloh taolo dunyodagi har bir zarrani va uning harakatini ham bilib turadi. SHuningdek, Alloh taolo qiyomatgacha nima bo‘lishini ham biladi. Agar bu narsalarni bilmasa, U Zotning sifati kamoliyasiga nuqson etgan bo‘ladi. Bunda johil kishilar o‘ylaganidek, Alloh tomonidan bandani majbur qilish yo‘q. Balki Alloh taolo tomonidan banda nima qilishini oldindan bilish bor. CHunki Allohning ilmi chegara bilmasdir.
    Al-Xattobiy quyidagilarni aytadilar: «Ko‘pchilik odamlar qazo va qadarni Alloh taolo tomonidan O‘zi taqdir qilib qo‘ygan ishlarga bandani qahr ila majbur qilish, deb tushunadilar. Ularning bu fikrlari noto‘g‘ridir. Qazo va qadarning ma’nosi, bandalarning kelajakda bo‘ladigan ishlarini Alloh tomonidan muqaddam bilib turilishidir». “Hamma narsa Allohning irodasi bilan, Uning xalq qilishi bilan bo‘ladi-ku. U holda bandaga nima qoladi?» degan savolning javobi ikki qismga bo‘linadi:
    Birinchi qism — dunyodagi insonning daxli yo‘q narsalari. Dunyoda bir xil ishlar borki, bu ishlarga insonning hech qanday daxli yo‘q. Misol uchun, inson aqlining o‘tkir yoki o‘tmas, gavdasining turlicha, mijozining har xil bo‘lishi, husnining chiroyli yoki xunukligi, tug‘ilish vaqti va joyi, ota-onaning kim bo‘lishi, o‘zining erkak yoki ayolligi, nasldan-naslga o‘tadigan ba’zi sifatlari hamda shunga o‘xshash bir qancha xususiyatlar borki, ularga insonning hech qanday daxli yo‘q. Inson tomonidan sodir etilgan ish va amallarga, jinoyatlarga insonning daxli bor, u bu ishlarda o‘z mayli, aqli, xohishi, ixtiyori va harakati bilan ishtirok etadi. Inson ishni amalga oshirish uchun yo‘nalishi tufayli iroda va ixtiyor egasi hisoblanadi. Hamda ana shu irodasi va ixtiyori uchun javobgar bo‘ladi.
  • Erk, ozodlik tushunchalarini qadriga vaqtida etish uchun inson ko‘proq nima haqda qayg‘urishi o‘rinli?
  • Bir Habibulloh ismli qarindoshimizning xotini o‘rtacha topishli erining daromadidan, bolalarining uning nazdidagi “o‘zboshimchaligi”dan nolib, doim “men bunchalar baxtsizman”, — deb yurar edi. Umrining oxirida u saraton kasaliga chalindi va yotib qoldi. SHu onaxon bir kuni menga: “Men bir umr baxtli yashagan ekanman, o‘z oyog‘ing bilan hojatga borish — baxt shu ekan”, — dedilar. Internetda bir aforizm o‘qidim: “Hammaning tashvishi har xil – birov qotgan nonining cheti uchganidan nolisa, birov olmos uzugimning toshi kichkina deb yig‘laydi”.  Ozgina boriga qanoat qilib, shukr aytgan kishi eng katta boydir, olam-olam boyligi bo‘la turib, yana etmayapti, deb tamshangan kimsa eng qashshoq odamdir. Ozodlik, erkinlik qadriga etish kerak. Inson keksalikda yoshlikning qadrini, kasal bo‘lganda sog‘liqning qadrini bilgani kabi, ozodlikdan mahrum bo‘lganda ozodlikning qadrini biladi. YAqinda qamoqdan chiqqan bir yozuvchi idoramizga kelib qoldi, mehnat daftarchasini tiklash ishi bilan yurgan ekan. U bizning suhbatdoshlarimizga qarab: “Mana shu o‘tirishlaringizda qanchalar baxtlisizlar, bilmaysizlar-da, ukalar”, — deb yubordi. Bobolarimizning, naqshbandiylarning tariqatidagi eng muhim qoidalardan biri “nazar dar qadam”, ya’ni bosgan har qadamingni bilib bosish, nazardan qochirmaslikdir.
  • Jamiyatning, oilaning tartib tizginlari bor. Axloq kodeksining, yashash va mehnat qilish huquqiy normalarining buzilishini qanday izohlaysiz?
  • Albatta, islohtalab, mukammallashtirish lozim bo‘lgan qoidalarimiz, urf-odatlarimiz anchagina. SHu bilan birga, tokim ular amalda ekan, ularni umume’tirof etgan ekan, rioya qilmoq kerak. Ma’lumki, yozilgan qoidalar bor — bu mavjud qonunchilik, kodekslar, me’yorlar, instruksiyalaru dasturul-amallar. YOzilmagan qoidalar bor – urf-odatlar, axloq “kodekslari”. Inson jamiyatga chiqqanda, odamlar bilan muomalada, ijtimoiyotda bu qoidalarga hurmatda bo‘lishi kerak.
  • Marhum bo‘lish yaratganning xohishi bilan, mahkum bo‘lish bandaning qilmishi bilan. Birinchisidan mahrum bo‘lish imkoniyati yo‘q, lekin ikkinchisiga duchor bo‘lmaslikning imkoniyati bor-ku. Nega ko‘ra bila turib odamzot shu kuyga tushadi?
  • Buning sabablarini oldinroq aytgandayman. Ba’zan bila turib, ba’zan ehtirosda, g‘azabda qilinadi jinoyatlar. Ba’zi harakatlarning sabablari o‘n-yigirma yillab etilib keladi. Ba’zan shunday vaziyat to‘satdan yuzaga keladi. Ammo insonlikning sharafi ham, mas’uliyati ham ongli bo‘lishda, o‘zini boshqara olishda, hamisha insoniylik masnadidan turib harakat qilishda.
  • Suhbat so‘ngida kasb bayramimiz munosabati bilan tabriklaringiz.
  • Men shu yo‘sinda keyingi paytlar yozgan to‘rtliklarimdan tilak o‘rnida ilinsam.
  • ..

Ortimga qaradim – minnatdor bo‘ldim,

Oldinga qaradim – talabgor bo‘ldim,

Atrofga qaradim – bosib keldi g‘am,

Tepadan – jannatdan umidvor bo‘ldim…

***

Ishlamasak agar – kelmas oshu non,

Ishlasak tinimsiz – to‘qmiz begumon.

Agar ishlamasak – neni oshaymiz?!

Tinimsiz ishlasak –qachon yashaymiz?!

*

Qo‘y, kuygan qalbimga qo‘l solma, axir —

O‘zimga ayondir asli kimligim.

Bilsang, xotirjamlik – kuchlilikdandir,

Juda  jarangdordir  asli jimligim…

*

Fursat topib kerak dam olish,

Ko‘ngil uyin etaylik obod.

Tugamaydi bu dunyoda Ish,

Ammo tugar bir kuni Hayot.

*

Poyonsizdir charxi falak, koinot,

Sayyoralar, burjlar, zulmat poyonsiz.

Bilaman, zaminda qiyindir hayot,

Lekin  boshqa joyda bu ham imkonsiz…

*

Ustoz aytar edi: “Siqilma, bo‘tam,

Dunyoda mardlar – ko‘p, axmoqlar kam-da…”

Lekin kam bo‘lsa ham, puxta joylashgan,

Nega yo‘ldan chiqar har bir qadamda.

*

Ey birodar, chehrangga boqsam,

YUragimni kuydiradi cho‘g‘.

Axir, nega buncha qashshoqsan –

Puldan boshqa biror narsang yo‘q…

*

O‘rtanadi ko‘ngil o‘rtada,

Ulgurmaymiz, ish chala hamon.

Qoldiramiz barin ertaga…

Ertagacha bormizmi omon?!

*

Goh olib, goh sotib ketamiz,

Diyda qotar, qotib ketamiz.

“Vaqt o‘tyapti”, – deymiz o‘ksinib,

Vaqt o‘tmas, biz o‘tib ketamiz…

*

Ko‘p qayg‘urdim, ozroq bo‘ldim shod,

Erga qarab ko‘zim yoshladim-

YOki erta tugadi hayot,

YO men kechroq yashay boshladim….

*

Bu hayotda ko‘p hikmat – tilsim,

YUrak unsiz bo‘zlab yotibdi –

Tushunganlar o‘tiribdi jim,

Tushunmaslar so‘zlab yotibdi…

*

Hamma yo‘llar go‘rga oborar,

Odil bo‘lmoq kerak har ishda.

Qanday yo‘lda yurishda gapmas,

Bor gap yo‘lda qanday yurishda…

*

Bilmaganga o‘rgat bilganing,

Bilganlardan o‘rgan, dil ochgin.

Bilishini bilmasa – uyg‘ot,

Bilmasligin  bilmasa… qochgin.

*

Inson bo‘lish aslo kech emas,

Ayamasang bas shirin joning.

Har kun erta sen uyg‘ongan tong –

YAngi hayot boshlash imkoning…

*

Ololmaysan – gar so‘ramasang,

Harakat qil – ko‘raverasan.

Agar olg‘a qadam qo‘ymasang,

O‘z joyingda turaverasan…

*

Ishlar qilding eldan panada,

SHodsan, ishing yurib turibdi.

Qilmishingni bilmas hech banda,

Lekin Alloh ko‘rib turibdi…

*

Quyosh chiqdi – bir tongim otdi,

Dunyo yotar qarshimda durkun…

YUrdim, turdim, yondim – kun botdi,

O‘tib ketdi umrimdan bir kun.

*

YOqtirsa kim – bo‘lmagin xursand,

YOqmay qolsang – berilma ohga…

Elga birday yoqmoqlik qiyin,

Etar, ishing yoqsa Allohga.

*

Inson zoti shundoq azaldan,

Ko‘rmaguncha aslo ishonmas.

Alloh esa iymondir butkul,

Ishonmaganingcha ko‘rinmas…

*

Men ketar kun yurtning so‘nggi kunimas,

Ayon bo‘lsa edi elga mardumlik —

YUqorining zulmi qo‘rqinchli emas,

Qo‘rqinchlidir juda… pastdagi jimlik.

*

Uchoqda qush kabi uchmoqda inson,

Baliqday suzmoqni bildi ummonda —

Fanning rivoji bu, o‘rgansa endi –

Zaminda yashamoq ilmin insonday…

*

Dunyoni tushundim, endi shoshmayman,

Toshmayman, urmayman boshimni dorga…

Sekin eshitaman go‘dak kulgusin,

Qarayman qush kabi qo‘nyotgan qorga.

*

Paypog‘im yo‘q, demang – oyog‘i yo‘q bor,

Boladan nolimang – bor bolasizlar.

Hayotdan o‘ksinmang – o‘lganlar qancha,

Tiriksiz, shukr etib – el bo‘lasizlar…

*

“Kelajak” kelmaydi, do‘stim hech qachon,

Uxlaysan, uyg‘onsang – bo‘ladi “bugun”.

“Kecha” – yo‘q, “erta” – yo‘q, ishing qoldirma –

Hayot  bugun o‘tar – umr o‘tar, tushun…

*

Dunyo – bir qo‘rg‘ondir, inson – bir mehmon,

Abadiy qolmoqqa ruxsating yo‘qdir.

“Kecha” – o‘tdi, “erta”ng bormi  – noayon,

“Bugun” ayt, boshqa bir fursating yo‘qdir…

*

Alloh berib tursa – ko‘paytir shukring,

Bermay qo‘ysa bir vaqt – oshirgin sabring.

SHu taxlit yashasang mo‘min, xokisor –

Kengayib, gullarga to‘lgaydir qabring.

*

Kuchli sabr etadir, zaif sabr etmas,

Bizga ko‘p sinovlar bergan hayotdir.

Sabr etish – hech zamon engilmoq emas,

Sabr etmoq – aslida buyuk jihoddir…

*

Darveshga dedilar: “Ustinga qara,

Yirtiq-yamoq kiyim, janda hirqating!”

Darvesh dedi: “Dilni poklash-la bandman,

Ustimni bezashga yo‘qdir fursatim!”

*

Zaif g‘azab etar, jo‘mard qilar sabr,

O‘zin enggan kishi engar olamni.

Olamda hech kimsa qo‘rqita olmas,

Allohdan qo‘rquvchi sobir odamni…

*

“Kecha” “erta” bo‘lgan yuz berdi “bugun”,

“Kecha”ga aylanar bugungi  ish ham.

Hayot shu taxlitda etadi davom,

Bu qadar hayajon ne kerak, oshnam…

*

Xadikda boqamiz ish boshlay turib:

“Odamlar bu ishga, evoh, ne derkin?!”

Asli o‘ylashimiz kerak qayg‘urib:

“Barini ko‘rmoqda, Alloh ne derkin?!”

*

Bugun o‘z yukini tortadi har kim,

Inson dayr cho‘lida yurgan tevadir.

Bandadan tilasang – ko‘p ko‘rar yomon,

Allohdan tilasang – ko‘proq sevadi…

*

Inson zoti hamisha jumboq,

Bilolmaysan hech afzalini —

Boy oyog‘in ehtiyot qilar,

Qashshoq asrar poyafzalini…

*

Bandalik umrini yashasak mo‘‘min,

Kerilmay kimsaga o‘z kuchimizdan.

O‘ylaymizki, Alloh tepadan ko‘rar,

Alloh ko‘rib turar ich-ichimizdan…

*

Hayotning hikmati Tangriga ayon,

O‘ylab hech tagiga eta olmaysan.

Emin-erkin yasha, bilki, Dunyodan…

Tirik holda chiqib keta olmaysan.

*

Robbim, dildan yiroq ketsin g‘am,

Iymon sari hidoyat ayla.

Mana shu satrni o‘qiyotganning ham

Tilagini ijobat ayla…

*

Haqgo‘y fanoda  — xor, baqoda – aziz,

Haq yo‘li aslida osonmi- qiyin?!

YOlg‘on taskin berib, oxir o‘ldirar,

Rost so‘z og‘ritaru, tuzatar keyin…

*

Bu hayot qonuni azaldan komil,

Adolat oqibat engar bearmon.

Alloh der: “Zaifga jabr aylama,

U mendan tilasa – yordam berarman…”

*

Dunyoda har narsa o‘tkinchi, bilgil,

Quvonch etgan bo‘lsa – shodlan, etadi.

Tashvish kelgan bo‘lsa – tashvishlanmagin,

U ham mangu emas, u ham o‘tadi…

*

Hammamizni Alloh yaratdi,

“Yo‘qotmayin sizni” – dema, bas —

Yo‘qotmaydi hech kim hech kimni,

CHunki hech kim hech kimnikimas.

*

Voh, bunchalar shavqqa, shaxdga to‘lganmiz,

Orzular ko‘p, kibr undan-da ko‘proq —

Asli bir tomchidan paydo bo‘lganmiz,

Oxir bo‘lajakmiz bir siqim tuproq.

*

Sevgilim, men seni ko‘rgan lahzada

Unutildi o‘tgan umrim mahzani.

Endi qolgan umrim o‘tar g‘amzada,

Unuta olmasdan o‘shal lahzani…

*

Birovi boshliqdan tilaydi shafqat,

Birovi zamondan turibdi so‘rab,

Birovi falakdan kutadi omad…

Men faqat O‘zingdan tilayman, yo Rab!

*

Imom SHofe’iy dedilar bir on:

“Hayotning tarziga nazar sol ichkin –

Jim turib hammani qo‘rqitar arslon,

It tinmay vovullar – qo‘rqmaydi hech kim!”

*

Rumiydan bir hikmat angladim bu kech:

“Bolam, g‘amda yonsang, ezilmagin hech.

O‘tin yongan sari – o‘choqda kuldir,

Banda yongan sari – Allohga quldir…”

*

Ilm der: insonda – to‘qson foiz (90%)  suv,

U gohida – oqil, gohida – yovuz…

Gar aqli bo‘lmasa, bo‘lmasa qalbi,

Inson – ro‘parangda tik turgan hovuz.

 *

YAshamoq san’ati – chidamdir mudom,

To‘rt yonda izg‘iydi turli xil sharpa.

Og‘rigan joyingni ko‘rsatma, aytsang –

Aynan shu joyingga berarlar zarba…

*

Bozorga aylandi bugun hamma yoq,

Birov olib, birov sotayotgandir.

SHovqinda eshitmay qoldim, ehtimol

Omad eshigimni chertayotgandir…

1984-2013

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.