Mardlar qo’riqlaydi vatanni

Targ‘ibotning mohiyati katta. Xizmat safari bilan viloyatlar bo‘ylab uyushtiriladigan ma’naviy va ma’rifiy uchrashuvlar hammamizga zavq bag‘ishlaydi. Notanish insonlar bilan tanishasiz, tanish bo‘lgan insonlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lasiz va yanada yaxshi tanishasiz. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganiga 26 yil to‘lishi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashabbusi bilan har yili uyushtiriladigan xizmat safarlarida bo‘lish chinakam ma’noda sharafdir.

Tafakkur strategiya bo’lsa, til taktikadir

Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, hatto, xalqaro maydondagi munosabatlarning ham kaliti til taktikasi bilan bog‘liq ekani oynadek ravshan. Nega biz chuqur bilimga, teran tafakkurga egamiz-u, lekin fikrimizni sodda, ravon va ta’sirchan ifoda etishdan yiroqmiz?  Bo‘yi barobar kitoblar yozgan ayrim olimlar ham minbarga chiqib, mikrofonni ushlab jamoaga yuzlangani hamonoq, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Buning boisi nima? Bir so‘z bilan aytib bo‘lmaydi buni.