Libos-nomus, libos-or

Libos — nomus, libos – or, yo’qsa barisi bekor. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talaba-yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshirish, milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmatini yuksaltirish, insonlar o’rtasida muomala madaniyati va ayniqsa, institutning o’rnatilgan tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati borasidagi bilim, ko’nikmalarini oshirish va uni targ’ib qilish maqsadida xuddi shu nom ostida ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir bo’lib o’tdi.

Jasorat timsoli

Vatanparvar insonlarning tabiatida o‘zini qiynash, yurt manfaati uchun astoydil ter to‘kish hissi ustun bo‘ladi. Allomalardan birining “Ozodlik daraxti vatanparvarlarning qoni bilan sug‘orilgan bo‘ladi”- degani bejiz emas. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vatan fidoyilari va qahramonlarining jasoratini unutmaslikdan boshlanadi. 

Film — bilim — ilm

“San’atlar ichida biz uchun eng muhimi, kinodir” — degan edi bir paytlari rus pedagogi Lunacharskiy. Kinoning ta’sir kuchi, insonning his-tuyg‘ulariga ta’siri beqiyos ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Shunday ekan, film namoyishi ham talabalarga qaysidir ma’noda estetik zavq baxsh etibgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi va ongini o‘stirishga ham xizmat qiladi.

Surxondaryoda bir kun

Yangi yil oldi uchrashuvlar o‘z-o‘zidan bayramona mohiyat kasb etadi. Xalq va vatan taqdirida muhim rol  o‘ynagan, uning rivoji uchun hissa qo‘shgan, manfaat etkazgan, o‘z kasbiga sodiq bo‘lgan sobiq rahbarlarning dilini shod etish, bayram munosabati bilan ularga sovg‘a salomlar ulashish, qutlash Surxondaryo viloyatida, Termiz shahrida o‘ziga xos tarzda kechdi.