Hamkorlik — ishonchga qurilgan hamrozlik

Butun dunyo mamlakatlari taraqqiyotini belgilovchi muhim omil o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik rishtalaridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning boshidanoq ana shu haqiqatga sodiq qolgan holda, qo‘shni va chet davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, do‘stlik va ishonch zamiridagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish borasida faoliyat olib bordilar. Bu esa ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-moliyaviy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkam bo‘lishiga zamin hozirlaydi.