Ahror Qo’shmatda xizmat, hurmat va himmat

Boshlash oson, bog’lash qiyin. Boshlovchi bog’lovchi bo’lsagina, davra qovushadi, maqsad va harakat to’g’ri yo’naltiriladi.  Aks holda, boshlovchi shunchaki yod oluvchi yoxud takrorlovchi to’tiqushga o’xshab qoladi. Bu o’z fikriga ega bo’lish zarurligi mazmunini anglatadi. Buning uchun ko’proq kitob mutolaa etish, o’qigan, ko’rgan va eshitganlarini birovga so’zlab berish zavqu shavqi lozimligini bildiradi. Mashq so’zi aslida, “mashaqqat”dan. Mashqiy jarayonlargina maqsad dovonidan oshish imkonini tug’diradi. Harakatdan barakat paydo bo’ladi.

Asossiz qasos va beayb mayib bo’lish

Hayotni ko’rish va kuzatish asnosida inson uning tilsimli muammolariga javob izlaydi. Shodlik va g’am yonma-yon keladi. Bir kun xursand bo’lsa, ertasiga g’amgin holat hukmron. Sinovli va siylovli dunyoning mohiyati ham aslida, shunda. El-yurt uchun o’z qobiliyatini, imkoniyatlarini sarflay olganlarni xalq unutmaydi. Mustabid davrning tazyiq va ta’qiblariga duchor bo’lgan, xalqiga sadoqati kuchli bo’lgan zahmatkash, fidoyi rahbar Abduvohid Karimov taqdirida xuddi shu holatlarni kuzatamiz. Gdlyan va Ivanovning o’ylab topgan “o’yin”larining qurbonlaridan biri edilar ular.