G’oya va himoya

Yuksak bilimli, intellektual avlod mamlakatimizning taraqqiyotini belgilovchi omildir. Keng va atroflicha bilimga ega bo’lish esa kitob mutolaasi bilan chambarchas bog’liqdir. Kitob mutolaasi mulohazaga, mushohadaga chorlar ekan, demak o’qishdan maqsad uqishdir. Kimki ko’p kitob o’qigan bo’lsa, uning nutqi va xulqida ham ijobiy o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’laveradi.