Ishq dardi — qo’shiq qadri

Inson tanasidagi dardni, qalbdagi og’riqni ham davolash uchun katta iste’dod kerak. Oldin doktorlik kasbida keyin esa san’atni umr mazmuniga aylantirishni niyat qilgan va buning uddasidan chiqa olgan qadrdon do’stimiz Shuhrat Yo’ldoshevning bugungi kunda san’at olamida o’z o’rni bor. Chunki qo’shiqchilik san’atini kitobxonlik madaniyati bilan uyg’un qila olgan, har bir qo’shiqning yaralishidan oldin qanchadan-qancha she’riy kitoblarni titkilab, undan yuragi jiz etganini saralab, unga mosu xos kuyni, yo’lni, uslubni topish, tanlash orqali muxlislar qalbiga yo’l topish mashaqqatini faqat tasavvur qilish mumkin.