Shukuhli kunlar hayrati

Har bir insonning o’z nigohi, baholash mezoni va  qalb qarichi bo’ladi. Mamlakatimizdagi bunyodkorlik ishlarini ko’rib zavq-shavqqa to’ladi. O’zgani ham ana shu zavqu shavqdan bahramand etgisi keladi. Xuddi shu niyatda qo’liga qalam oladi. Agar u jurnalist, publitsist bo’lsa, ana shu jarayonni o’z qarashlari bilan sharhlab yutuq va muvaffaqiyatlarning zamiriga chuqurroq nazar tashlaydi va tahlil ko’zgusidan o’tkazadi.