Notiq bo’lish orzusidagi yosh notiq

Yurtimiz yoshlari orasida shijoatli, intiluvchan, eng muhimi, izlanuvchan ijodkorlarning borligi ertangi kunga, davlatimizning istiqboliga ishonch va umid tuyg’ularini uyg’otishi tabiiy. Ana shunday iste’dodlarni qo’llash va ularni ulug’ maqsadlarga yo’llash, g’amxo’rlik ko’rsatish, ijodlarini yanada quloch yoyishiga imkon tug’dirish davlat siyosati darajasiga aylangani ham bejiz emas. Bu esa insonni hamjihatlikka, vatanparvarlikka, yurt ishqida yonishga chorlaydi.