Dilda olovi, qo’lda qalovi bo’lgan yalovbardor

Ko’ksiga urib vatanimni sevaman deyish, minbarga chiqib baqir-chaqir qilish va qatorasiga she’rlar o’qigan bilan kishi vatanparvar bo’lib qolmaydi. Uni shunchaki vatanparast deyish mumkindir, ehtimol.  Vatanni chinakamiga sevish o’zi tug’ilib o’sgan joyning tarixini bilish va o’rganish bilan boshlanishi aniq. Vatan ostonadan boshlanar ekan, demak o’z tug’ilgan go’shangga mehr va muhabbat vatan tuyg’usini idrok etilishidir. Shunday iste’dod sohiblari bo’ladiki, ularning asarlarini o’qiganingizda xuddi o’zingiz voyaga yetgan qishloqning havosini tuygandek, manzaralarini ko’rgandek bo’lasiz.