Til amaliyot bilan hayot

Ijtimoiy vosita quroli sifatida tilga ta’rif beriladi. To’g’ri, lekin biz tildan unumli, to’g’ri va to’la foydalana olayapmizmi degan savol ko’ndalang tursa, biroz xijolat chekamiz. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim muassasalarida ona tili, nutq madaniyati fan sifatida muntazam ravishda o’qitiladi. Nazariy ma’lumotlar obdon o’quvchi yoki talaba ongiga keragidan ortiq ham singdiriladi.