Mutolaa — muloqot ko’prigi

Kishilik dahosi va zakosining muhim kashfiyoti yozuv paydo bo’libdiki, asrlarni asrlarga, davrlarni davrlarga, ellarni ellarga bog’laydigan kitob va uni chop etish, tarqatish hamda mutolaa etishga ruhiy ma’naviy ehtiyoj ham paydo bo’lgan. Fir’avn hukmdorlaridan biri Ramzes-2 kutubxonaga “ruhiy darmon” deya bejiz ta’rif bermagan. Inson ruhiyati va kayfiyati kitob mutolaasi bilan ham mohiyatlidir.