Mangulikka muhrlangan shoir

Quyosh botish uchun chiqadi, odamzot vafot etish uchun tug’iladi. Bu ma’lum va mash’um, ayni haqiqat. Lekin el-yurt uchun buyuklik va suyuklik nisbati yor bo’lgan insonlar oramizdan ketar bo’lsa o’ta og’riqli bo’lishi muqarrardir. Adabiyot bo`stoni osmonida yana bir yulduz, yulduz bo`lganda ham eng yorug` yulduz so`ndi, deya o’kinganlar ko’p.