Til mavsumiy mavzu emas

Har kuni mashg’ul bo’ladigan ishimiz, kundalik shug’ullanadigan hodisa mavsumiy bo’lmaydi, unga e’tibor doimiy bo’lishi kerak. Bulardan biri ijtimoiy vosita quroli tilimizdir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmak ekan, demak, unga diqqatimiz har kuni — uyda ham, to’yda, ko’cha-ko’yda ham, mahallada, ishxonada, ta’lim muassasasida ham bo’lishi zarur.