Til — tibbiyotning ilk yarog’i

Tibbiyot xodimlari tilning o’z faoliyatlaridagi o’rnini juda yaxshi idrok etishadi. Tibbiyotning otasi bo’lgan Abu Ali ibn Sino shifo quroli to’g’risida so’z yuritarkan, dastavval tilni, so’ngra dori darmonni, nihoyat tig’ni, ya’ni jarrohlik yo’lini qayd etgani barchamizga ma’lum. Shuning uchun ham tabiblarning faoliyati haqida so’z yurita turib Navoiy hazratlari o’z davrida ushbu hikmatni keltirganlari bejiz emas.