Salohiddin Kamolov: Fidoyi

Men Komiljon Otaniyozov bilan viloyat teatrida birga ishlab, u ijro etgan qator rollarni ko’rganman. Sobir Abdullaning “Tohir va Zuhra” muzikali dramasida menga shoir Nozim, Komiljon Otaniyozovga Hofiz obrazini berishdi. Hofiz shu qadar hayajonli, to’laqonli bo’lib chiqdiki, uni sahnadagi holatlarini ifodalash og’ir. Tomoshabin ko’p bo’lardi.