Dilorom Sagdullayeva: Siz baxtlimisiz?

Odatda, ikki kishi bir joyda o’tirib qolsa, suhbat uchun mol-davlat, dunyo matohlaridan boshqa arzirli mavzu topilmaydi. Shukr,  minnatdorchilik ifodalangan jumlalarni har doim ham eshitavermaymiz. Singlim bilan suhbatlarimiz ham shunday kechardi. Ko’z-ko’zga tushib uchrashganimiz daqiqamizdan singlim oilaviy yetishmovchiliklardan nolib, “boshqalarday mazza qilib” yasholmayotganidan noligani noligan edi. Har qancha urinsam ham baribir singlimdagi tushkun kayfiyat o’rnini shukronalik…