Voqelikka badiiy nazar

Olam va odam munosabatlariga tiyrak ko’z bilan nazar tashlash, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg’usi bilan yashash ijod ahlida o’zgacha kechadi. Uning sevinchi ham, kuyunchi ham qalb prizmasi orqali badiiy haqiqatga do’nadi. Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o’tkazilgan, iste’dodli shoir va jurnalist Muhammad Ismoil ijodiga bag’ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirda ham ana shu ruh hukmronlik qildi.