Bayram oldi tadbirida

Milliy-tiklanish.jpg3Eng aziz va eng mo’’tabar bayramimiz Respublikamiz Davlat mustaqilligining 25 yilligiga tayyorgarlik turli mehnat jamoalarida qizg’in ravishda davom etmoqda.  Joriy yilning 17 avgust kuni soat 15.00 da O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Toshkent shahar Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda  ana shu qutlug’ va ulug’ bayramimizga bag’ishlangan “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati ham ko’pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Xolding kompaniyasida

Kasbiy faoliyatda, targ’ibot va tashviqotda nutq madaniyatining o’rnini his etish, bugungi kunda mafkura, ma’naviyat va ma’rifat, ijtimoiy siyosiy va xalqaro munosabatlarda  nutqiy malakaning o’rni muhim ahamiyat kasb etganini hamma yaxshi tushunadi. Kuni kecha “O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi jamoasi bilan o’tkazilgan muloqotda ham ana shu ma’naviy ehtiyoj borasida so’z ketdi. Tadbirda tilshunos olim Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etdi.