Abdulla Hasanov: San’at chamanining bulbuli

Xorazmliklar bilan Toshovuzliklar o’rtasidagi do’stlik va qon-qardoshlik rishtalari azaliy bo’lganligidanmi yoxud ikkala xalqning urf-odati, dunyoqarashidagi uyg’unlikdanmi, xullas, ularning hayoti, turmush tarzi bir-biriga jips bog’langan. Men bu xususiyatni bir- biri bilan yondosh hayot kechirayotgan ikkala xalqning o’zaro samimiy munosabatlari bilangina bog’lamoqchi emasman.