Jumaniyoz Sharipov: Oybekni shod etgandi

Komiljon Otaniyozov deganimizda ko’z oldimizga zabardast san’atkor, noyob xushovoz xonanda, misli yo’q xushta’b go’yanda, mumtoz, suyukli hofiz, tabiatan shoir va iste’dodli san’atkor, bastakor, mehrigiyo, muruvvatli, muazzam saxiy inson keladi. U san’at osmoning eng porloq yulduzi, xassos, otashqalb, benazir talant sohibi. Vatanimizning faxri, g’ururi edi.