Fidoyilik shaydoyilikdan boshlanadi

Har bir oliy o’quv yurtining poydevori albatta, undan oldingi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Xuddi shu ma’noda Toshkent madaniyat kolleji o’z yo’nalishi bo’yicha qator mutaxassisliklar tayyorlaydigan ta’lim muassasalaridan biridir. Mazkur kollej 1992 — yilda “Havaskor kino-foto, video studiya rahbari”, 2002 — yilda “Kino-foto, video studiya rahbari”, 2003 yilda “Kinoteleoperatorlik”, 2011-yildan boshlab “Tele-video operatori” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab kelmoqda. Hozirgi  vaqtda “Tele-video operatori” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar Toshkent madaniyat kolleji  hamda  Respublika televidenie va radio kollejida ham tayyorlanmoqda.

Chorak asrda ta’lim taraqqiyoti

Bu yil mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining 25 yilligi faxru iftixor bilan qarshilanadi. Chorak asr mobaynida ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni beixtiyor sarhisob qilgisi keladi kishining. O’tgan davr mobaynida ta’lim tizimida katta islohotlar amalga oshirilganidan ko’z yumib bo’lmaydi, albatta. Ta’lim tizimining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar,  ta’lim muassasalari faoliyati tubdan yangilandi. Istiqbolning mevasini, Istiqlolning tub mazmunining ta’lim talabisiz tasavvur etish qiyin.