Uni xalq boshiga ko’tarardi

Ko’p yillar mobaynida — issiqda ham, sovuqda ham, yomg’irda ham, qorda ham safarlarda doirachi sifatida Komiljon Otaniyozov bilan hamroz bo’lgan inson Otanazar aka Abdolniyozov bilan suhbatlashish uchun Xivaga bordim. Ular bilan suhbatlasha turib, xotirotlarini yozib olganimga ham mana 30 yilga yaqin vaqt bo’libdi. Otanazar aka ham rahmatlik bo’lib ketdilar.