G’oyadan hikoyaga

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tavallud topgan, ayni kunlarda O’zDSMIning 4 – bosqichi talabasi Yulduz Vafo kichik hikoyalari bilan e’tiborga tushib kelayotgan havaskor yozuvchilardan. Uning mashqlari, sizning ham e’tiboringizni tortishiga ishonganim uchun ilinmoqdaman. O’qiy turib mulohazalaringizni bildiring. U kutmoqda.

Istiqbolli yosh san’atshunos

Saidabrorni O’zDSMI institutini bitkazib shu o’quv muassasasida faoliyat yuritayotganidan xabarim bor  edi. Kimdir yoki nimadir insonni kashf etishga sababkor bo’ladi. Uni televizor orqali “Munosabat” teleshousida chiqishi va fikrlarini ta’sirchan ifoda etishi menda hayrat uyg’otdi, o’zgacha taassurot qoldirdi. Rumiydan bir misol keltirdilar: shamol sharqdan essa sabo bo’ladi, g’arbdan essa vabo bo’ladi. Kuchli mantiq. Uni o’rnida keltirish ham mahorat. Uning ilmiy qobiliyatini ta’kidlab doktorlik dissertatsiyasi ustida ish qilishi zarurligini aytdim. Uning bitiruv ishi qadimiy xattotlik san’ati haqida ekan. Men uning qalamiga mansub bo’lgan ilmiy risolani muxtasar shaklda keltirishni lozim topdim.